Kieron Morris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kieron Morris
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kieron Morris[1]
Tavallud sanasi 3-iyun 1994-yil (1994-06-03) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Hereford, Angliya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tranmere Rovers
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Leominster Minors
Hereford
Manchester United
Walsall
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Walsall 143 (15)
2013Worcester City (ijara) 8 (1)
2013—2014Leamington (ijara) 4 (0)
2015Wrexham (ijara) 9 (2)
2018—2019Tranmere Rovers (ijara) 14 (1)
2019— Tranmere Rovers 113 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 1-may 23:40 (utc) uchun)

Kieron Morris (talaffuzi: Kiyeron Morris) (1994-yil 3-iyunda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi. Kieron Morris „Tranmere Rovers“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kieron Morris Herefordda tugʻilgan va Leominsterning Herefordshire shahrida oʻsgan. Kieron Morris „Hereford United“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Kieron Morris yoshligida „Manchester United“ futbol klubining skautlar jamoasiga qoʻshilishidan oldin mahalliy „Leominster Minors“ futbol klubida yoshlar futboli oʻynagan. Kieron Morris bir necha yil davomida „Manchester United“ futbol klubida tez-tez sinov muddatini oʻtadi. Ammo klub tomonidan Kieron Moorrisga shartnoma taklif qilinmagan. Shundan soʻng, Kieron Morris oʻzining futbolchilik faoliyatini „Walsall“ futbol klubida boshladi. Kieron Morris oʻzining klub bilan ilk professional debyut oʻyinini 2013-yilning 28-avgustida „Stoke City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazdi.[3]

2012—2013-yilgi mavsumni Kieron Morris „Worcester City“ futbol klubida ijarada oʻtkazdi. Kieron Morris klub safida sakkizta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Kieron Morris keyingi mavsumda „Leamington“ futbol klubida ijarada oʻynadi va u yerda toʻrtta liga oʻyinini oʻtkazdi[4]. 2014-yil yanvar oyida Kieron Morris „Walsall“ futbol klubidagi hamkasblari Matt Preston va Danny Griffiths bilan birga Islandiyaning „ÍBV“ futbol klubiga qoʻshildi[5]. Ammo keyinchalik uchala futbolchi ham „ÍBV“ futbol klubiga qabul qilinmagan va „Walsall“ futbol klubi safiga qaytishgan[6].

Kieron Morris 2015-yilning 30-yanvarida mavsum oxirigacha ijara asosida „Wrexham“ futbol klubiga oʻtdi[7]. Klub bilan oʻynagan vaqtida Kieron Morris 2015-yil 28-fevralda „Wrexham“ futbol klubining oʻsha yilgi Milliy kubokni qoʻlga kiritishiga katta hissa qoʻshdi.

Kieron Morris 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Walsall“ futbol klubini tark etdi[8] va 2019-yil 26-iyun kuni „Tranmere Rovers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[9].

2020-yil may oyida Kieron Morris 2019—2020-yilgi mavsumda „Tranmere oʻyinchisi“ deb topildi[10].

Kieron Morris 2021—2022-yilgi mavsum oxirida „Tranmere Rovers“ futbol klubi bilan (uchinchi yilga ham choʻzilish ehtimoli mavjud boʻlgan) yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Walsall 2012—2013[12] Angliya Birinchi ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2013—2014[13] 2 0 0 0 1 0 0 0 3 0
2014—2015[14] 14 2 0 0 1 1 0 0 15 3
2015—2016[15] 33 3 4 0 3 0 2 0 42 3
2016—2017[16] 35 5 0 0 1 0 1 1 37 6
2017—2018[17] 42 3 1 0 1 0 4 0 48 3
2018—2019[18] 17 2 3 0 2 1 4 2 26 5
Jami 143 15 7 0 9 2 11 3 170 20
Worcester City (ijara) 2012—2013[19] Angliya Premer konferensiyasi 8 1 0 0 0 0 8 1
Leamington (ijara) 2013—2014[19] 4 0 0 0 1 0 5 0
Wrexham (ijara) 2014—2015[19] Angliya Premer konferensiyasi 9 2 0 0 4 2 13 4
Tranmere Rovers (ijara) 2018—2019[18] Angliya Ikkinchi ligasi 14 1 0 0 0 0 3 0 17 1
Tranmere Rovers 2019—2020[20] Angliya Birinchi ligasi 34 2 6 3 1 0 2 0 43 5
2020—2021[21] Angliya Ikkinchi ligasi 42 5 3 0 1 0 9 2 55 7
2021—2022[22] Angliya Ikkinchi ligasi 37 5 1 0 1 0 1 0 40 5
Jami 113 12 10 3 3 0 12 2 138 17
Jami 291 31 17 3 12 2 29 7 351 43

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Professional retain lists & free transfers 2012/13“. The Football League (2013-yil may). 2-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2013-yil.
  2. „Amadou Bakayoko“. 11v11. Qaraldi: 16-dekabr 2015-yil.
  3. „Stoke 3-1 Walsall“. BBC Sport. Qaraldi: 31-avgust 2013-yil.
  4. „K. Morris“. Soccerway. Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
  5. Magnús Már Einarsson. „Þrír frá Walsall með ÍBV í Fótbolta.net mótinu“ (islandcha). Fótbolti.net (8-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
  6. Hafliði Breiðfjörð. „Siggi Raggi: Möguleiki að skoða fleiri leikmenn Walsall“ (islandcha). Fótbolti.net (11-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
  7. „MORRIS HEADS OUT ON LOAN“. Walsall FC (30-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2015-yil.
  8. „Walsall: New Saddlers boss releases 11 players following relegation to League Two“. BBC Sport (17-may 2019-yil). Qaraldi: 20-may 2019-yil.
  9. „Permanent TRFC deal for Morris“ (en-gb). www.tranmererovers.co.uk. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
  10. „2019/20 Not End of Season Awards“.
  11. „Kieron Morris signs new contract!“. www.tranmererovers.co.uk (16-may 2022-yil). Qaraldi: 17-may 2022-yil.
  12. „Games played by Kieron Morris in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  13. „Games played by Kieron Morris in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  14. „Games played by Kieron Morris in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  15. „Games played by Kieron Morris in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  16. „Games played by Kieron Morris in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  17. „Games played by Kieron Morris in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 6-may 2018-yil.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Kieron Morris in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 12-avgust 2018-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 „England – K. Morris – Profile“. Soccerway. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  20. „Games played by Kieron Morris in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  21. „Games played by Kieron Morris in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  22. „Games played by Kieron Morris in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-may 2022-yil.