Kichik Jahon kubogi (futbol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kichik Jahon kubogi (ispancha: Pequeña Copa del Mundo) — Venesuelada 1952-yildan 1957-yilgacha doimiy va 1975-yilgacha ba'zi yillarda o'tkazilib kelingan futbol musobaqasidir. Musobaqa Klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Kontinentlaro kuboklarning birinchi avlodi hisoblanadi. Turnirda har xil yillarda ikkitadan to'rttagacha jamoalar o'ynashgan, yarmi Yevropa va yarmi Janubiy Amerika jamoalari qatnashgan. Lotin kubogi Kichik Jahon kubogida qatnashuvchi yevropa jamoasini aniqlab bergan. Janubiy Amerika jamoalari qatnashish tartibi aniq emas. Birinchi o'tkazilgan oltita musobaqadan keyin turnir o'z mavqeini yo'qotdi va qatnashuvchilar soni kamaydi.

G'oliblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil G'olib Mamlakat
1952 Real Madrid Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
1953 Millonarios Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya
1954 Korintians Braziliya bayrogʻi Braziliya
1955 San Paulo Braziliya bayrogʻi Braziliya
1956 Real Madrid Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
1957 Barselona Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
1963 San Paulo Braziliya bayrogʻi Braziliya
1965 Benfika Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
1966 Valensiya Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
1967 Atletik Bilbao Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
1969 Sparta Chexiya bayrogʻi Chexiya
1970 Vitoriya (Setubal) Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
1975 GDR t.j. Olmoniya bayrogʻi Germaniya
2005 Feyenoord Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]