Xolid Husayniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Khaled Hosseinidan yoʻnaltirildi)
Khaled Hosseini
Asl ismi خالد حسینی
Tavalludi 4-mart 1965-yil (1965-03-04) (59 yosh)
Kasbi 2003 — bugun
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSh
Yoʻnalish badiiy adabiyot
Shoh asari The Kite Runner (Varrakchi)
A Thousand Splendid Suns (Mingta ajoyib quyosh)
Veb-sayti
http://www.khaledhosseini.com/

Khaled Hosseini (1965-yil 4-martda tugʻilgan) — afgʻon-amerikalik yozuvchi va shifokor[2][3]. U 15 yoshidan Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashab kelgan va hozirda shu davlatning fuqarosidir. Uning 2003-yilda yozilgan debut asar "The Kite Runner" (Shamol ortidan yugurib) dunyo boʻylab katta muvaffaqiyatga erishib, 101 hafta davomida eng muvaffaqiyatli kitoblar roʻyxatida turgan (shulardan 4 haftasida 1-oʻrinda boʻlgan)[4]. 2007-yilda u ikkinchi kitobi — "A Thousand Splendid Suns" (Ming quyosh shulasi) asarini yaratadi. Yozuvchining ikkala kitobi dunyo boʻylab 38 million nusxadan ortiq sotilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi 1965-yil 4-mart kuni Afgʻonistonning Qobul shahrida tugʻilgan. Oilada 5 ta farzandning eng kattasi edi. Dadasi Nasser Qobul Tashqi Ishlar Vazirligida diplomat, onasi esa qizlar maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ota-onasining ikkalasi ham Hirot shahrida tugʻilishgan. Husaynning taʼkidlashicha, unda ham Pashtun, ham tojik xalqi qoni bor. Uning onasi Afgʻoniston davlatidagi Pashtunlarning Mohammadzai qabilasidan ekanligiga aytadi. Yozuvchi yoshligining 8 yilini Qobuldagi Waazir Akbar Khan mahallasida joylashgan maktabda oʻtkazadi. 1970-yilda oilasi Tehrondagi Afgʻoniston elchixonasiga koʻchishiga toʻgʻri kelgan. 1973-yilda Husaynning oilasi Qobulga qaytadi va oʻsha yilning iyul oyida eng kichkina ukasi tugʻiladi. Dadasi Paris, Fransiyaga ishga kiradi va yana oilasi koʻchib ketadi. Oʻsha voqeadan keyin oilasi Afgʻonistonda boʻlayotgan tartibsizliklar yaʼni 1978-yil apreldagi Afgʻoniston aholisining demokratik partiya tuzishga intilish harakati tufayli oʻz vataniga qayta olmaydi.

Taʼlim faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

San Jose shahridagi yuqori maktabni 1984- yilda tamomlaydi va Santa Clara universitetiga qabul qilinadi. Universitetni 1988- yilda biologiya fakultetini muvaffaqqiyatli bitirib, bakalavr diplomini qoʻlga kiritadi. Universitetni bitirganidan soʻng, San Diego tibbiyot universitetiga oʻqishga kirib, 1993- yilda magistrlik darajasiga erishadi . Yozuvchi 10 yil davomida tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda yozuvchining birinchi "Shamol ortidan yugurib'' romani nashrdan chiqadi. Bu asar dadasi bilan yaxshi aloqa o'rnatishda qiynalgan va yoshlik travmatik xotiralari bilan yashovchi afg'onistonlik Amir ismli bola tilidan hikoya qilinadi.

Ikkinchi romani Ming quyosh shulasi deb nomlangan va 2007- yilda nashr etilgan. Bu asarda ham birinchi romanda yozilgan Afgʻoniston davlatidagi deyarli bir xil muammolar, ammo afgʻon ayollar hayoti koʻproq yoritib berilgan.

Uchinchi roman Togʻlar ham sado beradi deb nomlanadi va 2013- yil, 21- mayda nashr etilgan. Bu roman koʻp avlodli oila, aka-ukalar birlari uchun jonini berishlari, sevishlari yoki aksincha, xiyonat qilishlari haqida yozilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Bilal ibn Rasheed The not-so-curious case of Khaled Hosseini (Wayback Machine saytida 2013-10-22 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2013-10-22 sanasida arxivlangan). jang.com.pk
  3. Dawat Independent Media Center (DIMC): A Critical Response to the Pashtun Bashing in The Kite Runner, by Nationalist Pashtun Rahmat Rabi Zirakyar http://www.dawatfreemedia.org/english/index.php?mod=article&cat=pashto&article=134 (Wayback Machine saytida 2014-08-15 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2014-08-15 sanasida arxivlangan)
  4. „Best Sellers: Paperback Trade Fiction: Sunday, September 18th 2011“. The New York Times (18-sentabr 2011-yil).