Kerr effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kerr effekti — bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilgan optik izotrop moddalar (mas, gaz, suyuqlik, shisha) da yorugʻlikning ikkilamchi sinish hodisasi. 1875 y.da shotland fizigi J. Kerr (1824 — 1907) ochgan. K. e. natijasida elektr maydoniga joylashtirilgan gaz yoki suyuqlik bir oʻkli kristall xossasiga ega boʻlib qoladi; uning optik oʻqi maydon boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasi elektr maydoniga joylashtirilgan shaffof dielektrikdan oʻtgandagi elliptik qutblanish elektrooptik K. e., chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasining magnitlangan ferromagnit jismdan qaytgandagi elliptik qutblanish m a g -nitooptik K. e. deb ataladi (qarang Magnshpooptik effekt, Elektrooptik effekt).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil