Keri Blakinger
Keri Blakinger | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyun 1984-yil Lancaster, Pennsylvania, AQSH |
Kasbi | Tanqichi jurnalist |
Faoliyat yillari | 2012-yildan buyon |
Keri Lin Blakinger (1984-yil 15-yunda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist va yozuvchi. U Marshall loyihasining tergov muxbiri boʻlib, u yerda jinoiy odil sudlovni yoritadi. Bolaligida u mintaqaviy va milliy miqyosda figurali uchuvchi sifatida dastlab yakkalik bahslarida, soʻngra Mark Ladvig bilan juftlik konkida uchishda qatnashgan. Biroq, u musobaqalar paytida bulimiya bilan kurashdi va konkida uchish faoliyatini tugatishga qaror qild. Oʻrta maktab va kollejda giyohvandlikka moyil boʻlgan. U 2010-yil dekabr oyida geroin saqlagani sababli ushlanib hibsga olingan. Soʻng Rutgers universitetida, keyinroq esa Kornel universitetida oʻqish paytida ham shu va boshqa muammolar bilan shugʻullanishda davom etgan.
U ikki yarim yillik qamoq jazosiga qarshi daʼvo shartnomasini qabul qildi va bu tajriba uning eʼtiborini jurnalistikaga oʻzgartirishga sabab boʻldi. Keri oʻz reportajlari orqali Qoʻshma Shtatlardagi jazo tizimini yaxshilashga harakat qilishga urindi. U 2010-yillarning oxirida bir qator yangiliklar nashrlarida ishlagan, jumladan Ithaca Times, New York Daily News va Houston Chroniclelar. Uning ishi qamoqxonadagi zoʻrlanishlar va ayollarga boʻlgan munosabatlardagi bir qator islohotlar, mahbuslarga berilishi kerak boʻlgan jismoniy va oshpazlik imkoniyatlari haqidagi chiqishlari bilan yakunlandi.
Keri Blakingerning „Corrections in Ink: A Memoir“ asari 2022-yilda nashr etilgan va uning hayotidagi asosiy voqealar, jumladan, qamoqxona tizimida kuzatgan irqchilik oqibatlari tasvirlangan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Figurali uchish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pensilvaniya shtatining Lankaster shahrida tugʻilgan. Onasi maktab oʻqituvchisi, otasi esa huquqshunos boʻlib faoliyat yuritardi. Blakinger bolaligini velosiped uchish, pianino va gimnastika kabi turli xil sport turlari bilan shugʻullanib oʻtkazgan. Uchinchi sinfga kelib, figurali uchuvchi boʻlishga va Olimpiada oʻyinlarida qatnashishga qaror qildi. U 1993-yilda oʻzining birinchi musobaqasi, Hershey Open musobaqasida qatnashdi va oltinchi sinfda katta shaharlarga va murabbiylik imkoniyatlarini koʻzlab joʻnab ketdi[1]. 1994-yilda u Keystone qishki oʻyinlarida boshlangʻich erkin konkida uchish boʻlimida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Bu vaqt mobaynida u 1996-yilda Janubiy Atlantika mintaqalarida 90 ta ishtirokchi orasidan toʻqqizinchi oʻrinni egallab, murabbiy Rey Laub qoʻl ostida Lankaster figurali uchish klubining oʻquvcshisi sifatida mashq qila boshladi[3]. Biroq, Keri Olimpiya oʻyinlarining yakkalik bahslarida qatnasha olmasligini bilar edi va shu sababli juftlik konkida uchish uchun sherik qidira boshladi[1]. Hatto u Lankaster okrugi kunlik maktabida oʻqiyotganida ham murabbiy Treysi Keyxill Poletis bilan ishlash uchun Delaver universitetiga ketishga shaylangan edi. Soʻng u Mark Ladvig bilan juftlik boʻlib birga ishlashga qaror qilgan[4].
Taxminan oʻsha paytda Keri bellashuv uchun zarur boʻlgan yengil vaznni saqlab qolish jarayonida bulimiya kasalligi bilan bilan ogʻriy boshladi. Blakinger va Ladvig 2000 va 2001-yillarda Janubiy Atlantika mintaqaviy chempionatida yangi boshlanuvchilar juftliklari boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Bu oʻsha yili uning USFSA Scholastic Honors jamoasiga yangi nom qoʻyilishi uchun sabab boʻldi. Ammo uning ovqatlanish buzilishi va uning jismoniy hamda ruhiy salomatligiga taʼsiri aniqlandi va shuning uchun u ikkinchi oʻrta maktab yilida terapiya ola boshladi. kundan kunga uning sogʻligi yomonlashishda davom etdi. Ladvig 17 yoshida juftligi bilan hamkorlikni tugatdi[5]. Koʻp oʻtmay, u Garvard yozgi maktabiga joʻnatilgan va u yerda turli xil giyohvand moddalarni isteʼmol qila boshlagan[6].
Uysizlik, giyohvandlik va suiisteʼmollik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoz oxirida qaytib kelganidan keyin ota-onasi bilan boʻlgan ziddiyat uni oʻrta maktabning yuqori yili boshlanganidan bir necha kun oʻtib uydan qochib ketishiga olib keldi. Lankaster va Bostonda boshqa uysizlar orasida yashab giyohvand moddalarni sotib olish uchun jinsiy aloqa bilan shugʻullangan va keyinchalik bir necha marta zoʻrlanganini, shu jumladan pichoq bilan bir marta zoʻrlanganini aytib oʻtgan. Shunga qaramay, u uysiz boʻlgan davrida ham oʻrta maktabda oʻqigan va AP imtihonlarini topshirish paytida Pensilvaniya shtatining Skranton shahrida bir kulbada yashagan. Ota-onasi uni reabilitatsiyaga kirishga ishontirish uchun sobiq oʻqituvchilaridan birining yordamiga ega boʻldi va u 90 kunlik davolash markazi rejasidan oʻtdi. Rutgers universitetiga hujjat topshirgandan va oʻqishga kirganidan soʻng, u striptiz klubi va eskort agentligiga qoʻshilish orqali darslar uchun pul ishlab oldi, bu esa unga oʻz kvartirasini ijaraga olish imkonini berdi. Biroq, u oʻz kvartirasidan giyohvand moddalar bilan shugʻullana boshladi va bu uning moliyaviy hamda shaxsiy munosabatlariga ogʻir boʻlgan giyohvandlikka qaytalanishiga olib keldi[7]. Oʻzining shaxsiy holatiga qaramay, u Rutgersda mukammal oʻrtacha ballni saqlab qoldi, 2002-yilda dekan roʻyxatiga kiritildi. Akademik yutuqlari uchun Birinchi kurs talabalari mukofotini oldi va Kollej olimlari milliy jamiyati nomzodi boʻldi. Keyinchalik u 2007-yil yanvar oyida Kornel universitetiga talaba sifatida qabul qilindi[8][9].
2007-yil iyul oyida Blakinger Kornel shahridagi koʻprikdan sakrab oʻz joniga qasd qilishga urindi, ammo bir nechta umurtqa suyagi singan holda tirik qoldi. Keyingi yil u tiklanish uchun darslardan taʼtil oldi va geroin qabul qila boshladi. Chunki unga berilgan dori-darmonlar uning jarohatlari ogʻrigʻiga unchalik taʼsir qilmagan edi. Bundan tashqari, Keri Sharlotta ismli itni oʻzi bilan hamma joyda, shu jumladan giyohvand moddalar savdosida ham olib yurgan. Professorlarining taʼkidlashicha, ular giyohvand moddalar bilan shugʻullangan deb gumon qilgan boʻlsalarda, uning yuqori aql-zakovati va darslaridagi faolligi hech kimni uni faol soʻroq qilishiga yoʻl qoʻymagan. U 2008-yilda The Cornell Daily Sun gazetasida jurnalist lavozimiga oʻtishdan oldin muharrir sifatida ishlagan[10].
Kornell universitetida o‘qiyotganda Blakinger 50 000 dollar (6 untsiya) qiymatidagi geroin saqlagani uchun hibsga olindi va 2010-yil dekabr oyida universitetdan chetlashtirildi[11]. Nazorat qilinadigan moddaga egalik qilish uchun ikkinchi darajali jinoyatda ayblanib, u ayblovlarni ikki yarim yillik qamoq muddatigacha qisqartirgan, natijada 2012-yil oxirida ozodlikka chiqarilgan sud bitimini qabul qildi. Keyin Keri Kornelga hujjat topshirdi va yana qabul qilindi. 2012-yil oktyabr oyida ingliz tilida bakalavr darajasini qoʻlga kiritdi. U Washington Post gazetasi uchun yozgan maqolasida qamoqxona tizimidagi tizimli irqchilikni koʻrganini aytdi[12].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qamoqdan chiqqanidan soʻng, u Ithaca Times gazetasining yozuvchisi bilan bogʻlanib, qamoqdagi ayollarga qanday manbalar berilganligini yoritadi. Kornelldagi talabalar gazetasi uchun yozuvchi boʻlgani hisobga olinib, Timesda unga frilanser sifatida lavozim beriladi[13][14]. Bu vaqt ichida unga berilgan ishlar mahalliy shahar uchrashuvlari va boshqa tadbirlarga qaratilgan edi. 2015-yil avgust oyida Ithaca Times gazetasini tark etib, Union Cityda yashab, New York Daily News gazetasida jurnalist lavozimini egalladi[15][13]. New York Daily News gazetasida ishlayotganida, u Rikers orolida mahbus ayolning jinsiy tajovuzga uchragani haqida xabar berdi, bu esa axloq tuzatish zobitining ayblanishi va yakuniy hukmiga olib keldi[14].
Keyinchalik, u 2016-yilda Xyuston yilnomasi uchun jinoiy adliya muxbiri boʻldi, bu Keriga mahbuslarni davolash va giyohvandlik hamda ruhiy kasalliklar uchun qamoqdagi odamlar masalasini yoritishga eʼtibor qaratish imkonini berdi[16]. Uning hisobot ishi qamoqxonadagi hayot tarzida koʻplab islohotlarga sabab boʻldi, jumladan, Texas qamoqxonalarida tishlari yoʻq mahbuslar uchun protezlar 3D formatda qoʻyib berildi[17]. Blakinger Washington Post gazetasiga Kaliforniyadagi ayollar qamoqxonasi haqida yozgan maqolasi, ayollarni toʻgʻri turar joy bilan taʼminlash uchun maxsus yozilgan. Shu maqola uchun Keri Milliy jurnal mukofotini qoʻlga kiritgan[18]. Blakinger 2019-yil oxirida Marshall loyihasiga qoʻshildi va u 2020-yil may oyida yozgan maqolasida Koronavirus pandemiyasi davrida qamoqxonalarda mahbuslarga keskin yomonlashgan oziq-ovqat berilayotganini yozdi. Natijada mahbuslar yana toʻgʻri ovqatlna boshladilar[19].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Brunner, Allison. „After gold at Keystone Games, Blakinger eyes bright future“. Intelligencer Journal (1994-yil 9-mart). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Freeman, Kevin. „Expression and strength share a dance on the ice“. Intelligencer Journal (1996-yil 19-dekabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Wilson, Burt. „Ice-capades: Blakinger ready for her National debut“. Intelligencer Journal (2000-yil 19-yanvar). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Lennon, John J.. „A Memoir of Prison Time, Delivered With a Note of Apology“. Vulture (2022-yil 7-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Lennon, John J.. „A Memoir of Prison Time, Delivered With a Note of Apology“. Vulture (2022-yil 7-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ „Dean's List: Keri L. Blakinger“. Sunday News (2003-yil 6-aprel). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Knapp, Tom. „Ex-county woman faces drug charge“. Intelligencer Journal (2011-yil 8-mart), s. A1, A5. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Axelson, Ben. „Cornell graduate: 'White privilege' let me rebound from heroin arrest, earn degree“. The Post-Standard (2015-yil 23-yanvar). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
- ↑ 13,0 13,1 Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ 14,0 14,1 Lennon, John J.. „A Memoir of Prison Time, Delivered With a Note of Apology“. Vulture (2022-yil 7-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Stein, Jeff. „Leaving for NY Daily News, Blakinger thanks Ithaca for second chance“. The Ithaca Voice (2015-yil 21-avgust). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
- ↑ Gross, Terry. „From Convict To Criminal Justice Reporter: 'I Was So Lucky To Come Out Of This'“. NPR (2018-yil 12-dekabr). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
- ↑ Andoza:Cite interview
- ↑ Lennon, John J.. „A Memoir of Prison Time, Delivered With a Note of Apology“. Vulture (2022-yil 7-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Strang, Katie. „'I was sure she was going to be dead at 25': A figure skater's redemptive journey“. The Athletic (2020-yil 9-sentyabr). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.