Kerak emas shahlo koʻzlaring

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kerak emas shahlo ko'zlaringdan yoʻnaltirildi)
„Kerak emas shahlo koʻzlaring“
Davron Gʻoipov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1983
Janr
Davomiyligi 4:05
Matn muallif(lar)i Davron Gʻoipov
Bastakor(lar) Davron Gʻoipov
Klipi
„Kerak emas shahlo koʻzlaring“ YouTubeda

Kerak emas shahlo koʻzlaring“ yoki shunchaki „Kerak emas“ — oʻzbek xonandasi Davron Gʻoipov ijro etgan rock'n'roll janridagi qoʻshiq[1]. Ashulaning matnini ham, musiqasini ham 1983-yilda Gʻoipovning oʻzi yozgan. 1999-yil „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi „Kerak emas shahlo koʻzlaring“ qoʻshigʻining pop janridagi remiksini kuylagan. Qoʻshiq Gʻoipov hamda „Bolalar“ guruhi repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biriga aylangan.

Dastlab „Bolalar“ ijro etgan remiksni Gʻoipovning oʻzi ijro etmoqchi boʻlgan. Gʻoipov 1999-yilning dekabrida oʻzbek qoʻshiqchisi Ruslan Sharipovdan „Kerak emas shahlo koʻzlaring“ qoʻshigʻining yangicha aranjirovkasini hozirlashni soʻragan. Ammo Gʻoipov Sharipovni kutmay, qoʻshiq remiksining yakuniy aranjirovkasini oʻzi hozirlagan. Remiksni yozishda Gʻoipov 1988—1991-yillarda ishlab chiqarilgan Ensoniq EPS sempleridan foydalangan. Remiks davomida oʻziga xos ohang chalingan. Gʻoipovning soʻzlariga koʻra, bu ohangga qoʻshiqchi diskotekada eshitib qolgan kuy turtki boʻlgan[2].

Gʻoipov „Kerak emas shahlo koʻzlaring“ qoʻshigʻining yangi talqinini eʼlon qilishni rejalashtirayotganida „Bolalar“ guruhi solisti Tohir Sodiqov undan qoʻshiqni ijro etishiga ruxsat berishni soʻragan. Gʻoipov bunga rozilik bergan. Oʻsha kuniyoq „Bolalar“ ijrosidagi remiks studiyada yozib olingan va keyingi kun radioda eshittirilgan va guruhga katta shuhrat olib kelgan. Gʻoipov bergan intervyularida konsertlar davomida „Kerak emas shahlo koʻzlaring“ qoʻshigʻini ijro etsa, baʼzan muxlislar „Bolalar“ qoʻshigʻini yaxshi kaver qilganini aytishlarini soʻzlab bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 14-iyul, 2022-yil(2022-07-14) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.