Kontent qismiga oʻtish

Kenesbay Allambergenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kenesboy Allambergenov (qoraqalpoqcha: Кенесбай Алламбергенов, 1954-yil, Qoraoʻzak tumani, Qoraqalpoq ASSR — 24-mart 2023-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston) — qoraqalpoq yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, professor, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati[1][2].

Kenesboy Allambergenov 1954-yili Qoraqalpoq ASSRning Qoraoʻzak tumanida dunyoga kelgan. U dastlab Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlab, „Жеткіншек“ gazetasida ishladi. Keyinchalik faoliyatini „Amudaryo“ jurnali, Nukus pedagogika instituti, „Ilm va jamiyat“ jurnalida bosh muharrir, oʻqituvchi, kafedra mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida davom ettirdi[2].

„Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq yozuvchisi“ — 2018-yil[3].

  1. „АЛЛАМБЕРГЕНОВ КЕНЕСБАЙ“. ndpi.uz. Qaraldi: 24-mart 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Kengesboy Allambergenov vafot etdi“. oyina.uz (2023-yil 24-mart). Qaraldi: 24-mart 2023-yil.
  3. „Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси Президиумининг Қарори“. qqtongi.uz (2018-yil 9-iyun). 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2023-yil.