Keli Jo'raqul Jabborov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keli Joʻraqul Jabborov — 1901-yili tug‘ilgan, Vobkent rayoni Kalyasang qishlog‘idan, bosmachilik harakatining qatnashchisi.1932-yili kolxoz raisini o‘ldirganlikda gumon qilinib qamoqqa olingan, hibsga olingan vaqtda paxta punktida aravakashlik qilgan. Aksilinqilobiy, millatchi, isyonchi guruhga aʼzo bo‘lib yashirin yig‘inlarda ishtirok etib, guruh topshirig‘i bo‘yicha paxta va yem-hashak omborlarini yondirib yuborishni tayyorlash to‘g‘risida topshiriq olganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 209 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.