Kazein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kazein (lotincha: caseuspishloq) — murakkab oqsil, fosfoproteid. Sutni proteolitik fermentlar taʼsirida tvorogga aylantirishda kazeinogen dan hosil boʻladi. Tvorogning asosiy massasini tashkil etadi. K. tuzli eritmalar (neytral va ishqorli mux.it)da eriydi, kislota taʼsir ettirilganda choʻkadi. K.mol. m. 30.000—400000. a, r\ u fraksiyalaridan tarkib topgan. Sut va sut mahsulotlarining oqsilli asosiy qismi. Ayollar sutida 0,3—0,9%, sigir sutida 2,8—3,5% K. bor. Muhim oziq modda, tarkibida koʻpgina aminokislotalar mavjud. Boʻyoq, yelim, plastmassa, dorivor moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, sunʼiy tola tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil