Katta qumli choʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xarita

Katta qumli choʻl - Avstraliyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi choʻl. Maydon 280 ming km2, oʻrtacha balandligi janubida 400–500 m, shimolida 300 m. Bal. 10–15 m li (baʼzan, 30 m gacha), uz. 40–50 kmgacha boʻlgan qator qum tepalari bor. Muvaqqat shoʻr koʻl koʻp. Katta qumli choʻl — Avstraliyaning eng issiqjoylaridan biri; yozda oʻrtacha temperatura 28—30°, qishda 20— 15° gacha boʻladi. Yozda ekvatorial mussonlar bir oz yogʻin keltiradi (shimolida 450 mm dan janubida 200 mm gacha). Yogʻinning koʻp qismi bugʻlanib ketadi, qisman qumga singadi. Oʻsimliklari jan.da tikanli kserofit boshoqlilar, akatsiya butazorlari va shimolida evkaliptlardan iborat. Rudall-River milliy parki bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil