Katta masjid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Katta masjid (Jome masjid) — Jazoirdagi meʼmoriy yodgorlik (1096). Tarhi 45,5x33 m, asosiy oʻqi qiblaga qaragan 11 nefli. Hovlisi kichikroq boʻlib, devorlari Marokash (Magʻrib)dagi Qutubiya masjidini eslatadi. Masjid xonasidagi taqasimon qator ravoqlar ikki qatorli ustunlarga tayangan. Mehrob ravogʻining bezagi kungurali. Minorasi (shim.-sharqiy burchagida) 1322 y.da toʻrtburchak shaklda qayta qurilgan. K.m. yorqin va sodda koʻrinishi bilan ajralib turadi. Unda yogʻoch oʻymakorligining 11-asrga oid noyob namunasi saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Jazoir masjidlari