Kato Kyudzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kato Kyudzo
Tavalludi 18-may 1922-yil(1922-05-18)
(-95 yoshda)
Gyeongsang, Yaponiya imperiyasi, Yaponiya
Vafoti 11-sentyabr 2016-yil
Termiz, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Sohasi arxeolog, antropolog
Ilmiy darajasi Soka universiteti professori
Mukofotlari

Kato Kyudzo (1922-yil 18-may — 2016-yil 11-sentyabr) yaponiyalik arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf olim. Yaponiya milliy etnologiya muzeyining faxriy professori. Oʻzbekiston merosi, tarixi, meʼmoriy yodgorliklarini oʻrgangan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Kyonsan provinsiyasida tugʻilgan. Universitet talabasi sifatida 1945-yilning yozida armiyaga chaqirilib, vataniga qaytgan. Universitetning uchinchi kursiga kirgan. Yaponiya qoʻshinlarida xizmat qilgan. U 21-avgust kuni Mudandiyon yaqinida asirga olingan. Asirlikda Kato rus tilini oʻrganishni boshladi.

Asirlikdan keyin birinchi marta SSSRga 1972-yilda tashrif buyurgan. Oʻzbekistonning qadimiy tarixiga katta qiziqish bildirgan. Olim uzoq yillar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qildi. Surxondaryo viloyatida (Dalverzin-tepa, Qoʻra-tepa, Xolchayon, Fayoz-tepa) arxeologik qazishmalarda qatnashgan. U Oʻzbekiston tarixini Yaponiyada targʻib qilgan[1]. Oʻrta Osiyo va Sibir tarixiga oid oʻnlab kitoblar muallifi. Oʻzbekistonga bagʻishlangan koʻplab simpozium va koʻrgazmalar tashkil etgan. Amir Temur, Bobur, Ulugʻbek asarlarining tarjimoni boʻlgan. Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston janubidagi buddaviylik madaniyati boʻyicha uzoq yillik tadqiqotchi hisoblanadi.

Mukofotlar va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Oʻzbekiston xalqlari tarixi, meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganish va targʻib etishdagi ulkan xizmatlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan[2]. Termiz shahri faxriy fuqarosi. Shoʻrchi tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga arxeolog Kyudzo Kato nomi berilgan[3].

Soka universiteti (Osaka) faxriy professori.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Като Кюдзо — ўзбекларнинг япон олими“. www.xs.uz. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 3 may 2002 года № УП-3066 «О награждении Кюдзо Като орденом «Дустлик»
  3. „Sho‘rchidagi maktabga yapon olimi Kyudzo Kato nomi berildi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.