Kasimiye madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kasımiye madrasa peshtoqi
Kasımiye madrasasidagi fil soatining nusxasi

Kasımiye madrasasi (turkcha: Kasımiye medresesi) yoki Qosim posho madrasasi — sobiq madrasa, Turkiyaning Mardin shahrida joylashgan.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa eski Mardin shahar markazining janubi-gʻarbida joylashgan[1]. Kasımiyening balandligi taxminan 975 metr (3,199 ft) ni tashkil etadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artukiylar sulolasidan boʻlgan sulton Az-Zohir Majdiddin Iso ibn Dovud (yoki Iso Bey) Anadolu beyliklaridan birining hukmdori boʻlgan va aynan u madrasa qurilishiga buyruq bergan. Ammo bino toʻliq qurilmasdan 1407-yilda Qoraqoʻyunlilarga qarshi jangda halok boʻlgan[2]. Shahar Oq qoʻyunli turkmanlari qoʻliga oʻtgandan soʻng qurilish qaytadan boshlangan. Madrasaning qurilishi 1445-yilda Oqqoʻyunlu sulton Muizziddinning oʻgʻli Kasım tomonidan nihoyasiga yetkazilgan[3][4].

1924-yilda Turkiyadagi barcha madrasalar diniy hayotga umumiy hujum va jamiyatni dunyoviylashtirishga qaratilgan ishlar doirasida yopilgan[5].

Bino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy bino toʻrtburchaklar shaklida qurilgan. Naqshli peshtoq orqali janubiy tomondan kirish mumkin. Hovlida hovuz bor. Hovuzdagi suv oʻlim va sirotni (islom dinida jannatga olib boruvchi doʻzax ustidagi tor koʻprik) ifodalovchi tor yoriqdan oqib oʻtadi. Sinf xonalari hovuz atrofi boʻylab joylashtirilgan. Talabalar oʻqituvchilari oldida hurmat bilan taʼzim qilishlari uchun sinf eshiklari ataylab past qilib qoʻyilgan.

Fil soati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayvonning shimolida 12-asrda yashagan musulmon muhandisi al-Jazariy tomonidan yaratilgan fil soati reproduksiyasi joylashtirilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „City map“. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  2. Sinclair, Thomas Alan. Eastern Turkey: an architectural and archaeological survey. The Pindar Press, 1989 — 205–206 bet. ISBN 0907132340. 
  3. „Kasim Pasa Medresesi“. Archnet. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  4. Minorsky, V. „Mārdīn“,. Encyclopaedia of Islam, Second Edition Bearman: . Brill, 1960–2007. ISBN 9789004161214. 
  5. Jongerden, Joost. The Routledge Handbook on Contemporary Turkey (en). Routledge, 2021. ISBN 978-0-429-55906-8. 
  6. „Mardin news by Dr. Salim Aydüz“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.

Koordinatalari: 37°18′29″N 40°43′12″E / 37.30806°N 40.72000°E / 37.30806; 40.72000 G O