Kashtadoʻzlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Каштачилик - кашта тикиш касби, амалий санъатнинг қадимий сохаларидан бири бўлиб келган. Архиологик топилмалар каштачиликнинг деярли барча халқларда қадиймийлигини, иқлим, табий шароит, мухит билан боғлиқ холда хар бир халқнинг маданиятKashtadoʻzlik, kashtachilik -kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar K.ning deyarli barcha xalklarda qad.ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\it bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. K.ning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish b-n, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va b. ishlar bilan bogʻliq. K. taraqqiyotini Qad. Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan K. namunalarida kuzatish mumkin. K. mahsulotlarining eng qad. nusxalari saqlanmagan. K. rivojlangan xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta boʻlgan. Mac, 11-asrga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-asrga mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Xitoyda 14-asrdan "syuxua" (ignali tasvir) nomi bilan mashhur boʻlgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.

Yevropada K. Uygʻonish davrida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. K.da qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-asr da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan K. buyumlari keng tarqalgan.

19-asrning 2-yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda K. korxonalari vujudga kela boshladi, i.ch.ni yoʻlga qoʻyilishi anʼanaviy K.ni inqirozga uchratdi. K. dagi mavjud anʼanalar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari katta maxrrat va koʻp mehnat talab qiladigan qoʻl kashtalarini siqib chiqardi. Lekin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi bilan bir qatorda qoʻlda kashta tikishga alohida eʼtibor berilmoqda, kashtadoʻzlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda.

Oʻrta Osiyoda K. mahsulotlarining qad. xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-asrga mansub.

14—15-asrlarga oid kitoblardagi miniatyuralar K.ning bu yerda qadimdan keng rivojlanganini koʻrsatadi. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod "Zafarnoma" qoʻlyozmasiga ishlagan "Temur taxtda" miniatyurasida (1467) kashtali chodirni ham aks ettirgan.

Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, oʻzbek, turkman, tojik ayollari urtasida K. keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlar (soʻzana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xonadonning oʻzida tayyorlangan.

Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi oʻzbek kashtadoʻzlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Mas, Nurota, Buxoro, Samarqand K. mahsulotlari koʻproq yoʻrma chok b-n, Shahrisabzda yoʻrma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda roʻy bergan oʻzgarishlar K. anʼanalariga, mahsulotning turlariga taʼsir koʻrsatgan. Mac, hozir boʻgʻjoma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar oʻz ahamiyatini yoʻqotdi, paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Doʻppi, sumka, nimcha, kavush, kirpech, soʻzana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did bilan bezatilmokda, shakl va badiiy bezaklarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olganlar, kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar koʻp uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar qoʻshimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham koʻp. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh) lar K.da ham koʻp uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini koʻrsatadi. K.da chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtadoʻzlar badiiy buyum yaratadilar. K.da ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va b.; keng tarqalgan chok turlari: bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdoʻzi, yurma, iroqi popur, ilmoq, baxya va b. (yana q. Chok). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil