Kasallik tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kasallik tarixi - davolashprofilaktika muassasalarida har bir bemorga tutiladigan asosiy tibbiy hujjat. Bemordagi kasallikni aniqlash va davo uchun zarur maʼlumotlar, bemorni kuzatish davrida uning ahvolida roʻy bergan oʻzgarishlar, bemorga tavsiya etilgan maslahatlar qayd etiladi. Xotima (epikriz) da kasallik tashhisi va qilingan davo asoslab beriladi. Bemor oʻlgan taqdirda Kasallik tarixi ga patologoanatomik tekshirish bayonnomasi ilova qilinadi. Zarur hollarda kasallik tarixi sud-tibbiyot tergovini olib borish uchun muhim manba vazifasini oʻtaydi. Tugʻruqxonalarda Kasallik tarixi tugʻilish tarixi deyiladi. Ambulatoriya va sogʻliqni saklash punktlarida ambulatoriya kartasi tutilib, u yozuvlarininng ancha qisqaligi bilan Kasallik tarixidan farq qiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil