Karvonsaroy koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karvonsaroy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 1 km

Karvonsaroy koʻchasi — Chilonzor tumanidagi „Beshqoʻrgʻon“ mahallasi hududida joylashgan. Ko'cha Beshqoʻrgʻon va Erkin koʻchalari oraligʻida joylashgan bo'lib, zunligi 1 km ni tashkil qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 23-iyunda yangi hovli-joy qurilishi munosabati bilan tashkil topgan koʻchaga „Karvonsaroy“ nomi berilgan. Tarkibida 7 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor. Asosan, shaxsiy turar joy binolaridan iborat. 2006-yil avgustda ushbu koʻcha bilan kesishgan holda Toshkent avtomobil halqa yoʻlining yakuniy bosqichi bunyod etildi. Yaqinida „Erkin“ qoʻrgʻoni, „Erkin“ yoʻl harakati xavfsizligi nazorati maskani, Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bunyodkor shohkoʻchasi kesishmasi, Chilonzor buyum bozori mavjud[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.