Karlovy Vary

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karlovy Vary

Karlovy Vary
shahar
Skyline of Karlovy Vary
Karlovy Vary
Bayroq
Karlovy Vary
Gerb
50°13′50″N 12°52′21″E / 50.23056°N 12.87250°E / 50.23056; 12.87250 G OKoordinatalari: 50°13′50″N 12°52′21″E / 50.23056°N 12.87250°E / 50.23056; 12.87250 G O
Mamlakat Chexiya
Hukumat
 • mer Pyotr Kulxanek
Asos solingan 1347-yil
Iqlim turi moʻtadil
Rasmiy til(lar)i chex
Milliy tarkib chexlar, nemislar
Konfessiyaviy tarkib xristianlik
Vaqt mintaqasi UTC+1
Karlovy Vary xaritada
Karlovy Vary
Karlovy Vary

Karlovy Vary (chex. Karlovy Vary, Chexiya qiroli Karl I nomiga qoʻyilgan va vary — issiq buloqlar maʼnosini anglatadi; nemischada Karlsbad) — Chexiyadagi shahar, Ogrje daryosi vodiysida, 380 m balandlikda. Aholisi 54,1 ming kishi (2000). Shahar chetida chinni sanoati korxonalari ("Mozer" zavodi) bor, badiiy shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Karlovy Varyda 1950-yildan boshlab Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turiladi.

Karlovy Vary — balneologik kurort. Bemorlar mineral suv bilan davolanadi. Kurortga 1347—1358-yillarda asos solingan. Iqlimi moʻtadil nam. Yiliga 620 mm yogʻin yogʻadi. Yozi salqin (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17,3°), qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°). Koʻplab issiq buloqlar boʻlib, suvining temperaturasi +41,2° dan +72,2°gacha. Eng kattasi — Vrjidlo. Uning suvidan Karlovy Vary tuzi olinadi. Sanatoriy va pansionatlar bor. Turizm rivojlangan[1].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panorama

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil