Karimbergan Rahmonberganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karimbergan Rahmonberganov (1870 — Xiva — 1959) — toshtarosh usta, muhrkan, kandakor. Bobosi Xudoybergan muhrkan va otasi usta Rahmonbergan Xudoyberganovlar bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. Bobosi bilan Xiva xoni Muhammad Rahim II va Isfandiyorxon hovli saroyidagi, Koʻhna, Ark, Islomxoʻja madrasasi ayvonlaridagi ustunlarga marmardan oʻyma naqshli poyustun (oʻratosh)lar ishlagan; otasi bilan Xivaning meʼmoriy obidalari (Toshhovli, Koʻhna Ark va boshqalar)ni taʼmirlashda qatnashgan. Rahmonberganov Toshkentdagi Navoiy teatrining Xiva zalini bezash uchun nafis naqshlar bilan bezatilgan marmar namoyonlar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Rahmonberganov Karimbergan" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil