Karim Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Karim Ahmedov
Ahmedov Karim Sodiqovich
Tavallud sanasi: 19-fevral 1914-yil(1914-02-19)
Tavallud joyi: Toshkent
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Karim Sodiqovich Ahmedov (1914. 19.2, Toshkent) – kimyogar olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kime fanlari doktori (1958), professor (1960). O‘rta Osiyo universitetini bitirgan(1937).Toshkent Davlat Universitetida kafedra mudiri (1953 – 72). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1958-81), shu institut direktori (1965-72), ToshPI rektori (1972-88), kafedra mudiri (1973 yildan). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rekto-rati qoshida maslahatchi (1991 yildan). A. O‘zbekistonda birinchilar qatorida ta-biiy va sun’iy yo‘l bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar o‘tkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid bo‘lib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yo‘nalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bagashlangan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mu-kofotlangan (1998).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil