Karim Adeyemi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karim Adeyemi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Karim-David Adeyemi
Tavallud sanasi 18-yanvar 2002-yil (2002-01-18) (21 yosh)
Tavallud joyi Munich, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2010 TSV Forstenried
2010-2012 Bayern Munich
2012-2018 SpVgg Unterhaching
2018-2020 Red Bull Salzburg
Xalqaro medallar

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11 iyun uchun)

Karim David Adeyemi (nemischa: Karim David Adeyemi 2002-yil 18-yanvar, Myunxen, Germaniya) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi .

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adami Red Bull Salzburg tarkibida

Adeyemi Germaniyaning Forstenried, Bavariya, Unterxaching va Avstriyaning Red Bull klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Red Bullning zaxira klubida oʻynay boshlagan.2020-yil 20-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasida Frankfurt-Maynning " Ayntraxt "iga qarshi o‘yinda Karim asosiy jamoa safida debyut qilgan[2]. 3-iyun kuni poytaxtning " Rapid " klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan[3]. Oʻsha yilning 1-iyulida " Shturm "ga qarshi oʻyinda Karim Red Bull uchun birinchi golini urgan[4].

2022-yil 10-may kuni Dortmundning „Borussiya“ klubi futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan 30 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[5].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Adeyemi Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya[6] va Avstriya[7] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2021-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adeyemi Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Daniya[8], Gollandiya[9] va Portugaliya[10] jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yil 5-sentyabr kuni Armaniston terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash bahsida Adeyemi Germaniyaning asosiy terma jamoasi safida debyut qilgan[11]. Oʻsha oʻyinda Karim terma jamoadagi ilk golini urgan.

Terma jamodagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 5-sentyabr 2021-yil "Mersedes-Bens Arena", Shtutgart, Germaniya  Armaniston 6:0 6:0 JCH 2022 saralash. J Guruhi

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Germaniyada tugʻilgan. Uning otasi Nigeriyalik va onasi Ruminiyalikdir[12].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Zalsburg

  • Avstriya chempioni (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22
  • Avstriya kubogi sohibi (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22

Germaniya (21 yoshgacha)

  • Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2021-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Karim Adeyemi“. Borussia Dortmund. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.
  2. „Айнтрахт Франкфурт VS. Ред Булл Зальцбург 4:1“ (en). soccerway.com (20-fevral 2020-yil). 10-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2020-yil.
  3. „Ред Булл Зальцбург VS. Рапид Вена 2:0“ (en). soccerway.com (3-iyun 2020-yil). 2-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  4. „Ред Булл Зальцбург VS. Штурм Грац 5:2“ (en). soccerway.com (1-iyul 2020-yil). 2-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  5. „Karim Adeyemi signs until 2027“ (en). bvb.de/eng (10-may 2022-yil). 10-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  6. „Испания (до 17) VS. Германия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (7-may 2019-yil). 11-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2020-yil.
  7. „Австрия (до 17) VS. Германия (до 17) 1:3“ (en). soccerway.com (10-may 2019-yil). 5-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2020-yil.
  8. „Дания (до 21) VS. Германия (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (31-may 2021-yil). 26-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  9. „Нидерланды (до 21) VS. Германия (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (3-iyun 2021-yil). 24-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  10. „Германия (до 21) VS. Португалия (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (6-iyun 2021-yil). 24-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  11. „Германия VS. Армения 6:0“ (en). Soccerway.com (5-sentyabr 2021-yil). 6-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-sentyabr 2021-yil.
  12. Thomas Hummel. „Wie ein Talent aus Unterhaching zum Millionengeschäft wurde“ (German). Süddeutsche Zeitung (31-oktyabr 2018-yil). 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.