Kontent qismiga oʻtish

Karaoke demokratiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dunyoning qay nuqtasida bo‘lishidan qatʼiy nazar, yaponlar ilm-fan, texnologiya va iqtisodiyotdagi yangilik, kashfiyot, ixtiro qilish ilinjida ilmga talpinadi. Ming-minglab yaponlar dastlab o‘z hukumati daʼvati bilan AQShga — erkin iqtisodiyot asoslarini, Buyuk Britaniyaga — harbiy-dengiz sanʼatini, Fransiya va Prussiyaga — gumanitar fanlar, ayniqsa, huquqshunoslikni o‘zlashtirish uchun yo‘l oldi. Kunchiqar mamlakat fuqarolariga xos bunday shijoat va ilm-u hunarga chanqoqlik kelgusida uning yuksak taraqqiy etishida asosiy omil bo‘ldi.

Siyosatshunos olimlar Yaponiyaning qaysi taraqqiyot tamadduniga mansubligi masalasida hamon bahslashadilar. Jo‘g‘rofiy jihatdan yondashilsa, u shubhasiz, Sharq tamadduniga mansub. Lekin ijtimoiy taraqqiyot va siyosiy madaniyat nuqtai nazaridan qaralsa, uning qaysi tamaddunga mansubligi masalasi bahsli bo‘lib chiqadi. Chindan ham, demokratik institutsional tizimning g‘arbona tamoyillarini milliy mentalitet, o‘ziga xos tafakkur tarzi hamda qadriyatlar bilan uyg‘unlashtira olgan mamlakat G‘arbga mansub bo‘ladimi, Sharqqami? Bu savolga hanuz aniq javob yo‘q. Har holda bu borada aksariyat olimlar Yaponiyani sharqona anʼanaviylik va g‘arbona qadriyatlarning mushtarakligi timsoli sifatida baholaydi.

Darhaqiqat, Yaponiyaning taraqqiyot modeli hamda ijtimoiy-siyosiy tafakkurini chuqur o‘rganish hanuz dolzarb bo‘lib qolaveradi. Unda shaxs yoki rahbar omili emas, aksincha tizim hamda jamoa omili ustuvordir. Shu jihatdan, mashhur siyosatshunos T.Inoguti yapon boshqaruv tizimini „karaoke demokratiyasi“ (yaʼni, ijrochilar kelib-ketaveradi, ohang esa o‘sha-o‘sha) deb taʼriflagani bejiz emas.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tafakkur jurnali 2004/3