Kamoliddin Gʻopirov
Kamoliddin Gʼopirov (1949-yil, 26 dekabr, Andijon viloyati) – Oʼzbekiston Qahramoni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kamoliddin Gʼopirov 1949-yil 26-dekabrda Andijon viloyati Boʼz tumanida tugʼilgan. Shahrixon tumanidagi 61-oʻrta maktabni, 1966-1971 yillarda Andijon Davlat pedagogika universiteti biologiya fakultetinini tamomlagan. 1971-1992 yillarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 61-oʻrta maktabda kimyo fani oʻqituvchisi, 1992-1999 yillarda Shahrixon shahridagi 2-litseyda ilmiy boʻlim mudiri va kimyo fani oʻqituvchisi lavozimida, 1999-2002 yillarda Shahrixon tumanidagi 61-umumiy oʻrta taʼlim maktabida kimyo fanini chuqur oʻrganuvchi sinflar rahbari va kimyo fani oʻqituvchisi sifatida mehnat qilgan. 2002 yildan buyon 44-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, 2009-2014 yillarda 24-Boʻston saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman kengashiga, 2015 – 2019 yillarda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi deputati etib saylangan.
Oilali, besh nafar farzandi bor.
Ilmiy-ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yildan shu kunga qadar Andijon davlat Universitetining „Umumiy kimyo“ kafedrasida dotsent lavozimida talabalarga „Kimyodan masalalar yechish“, „Kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiya“ fanlaridan dars beradi.
Shu kunga qadar K.Gʻopirovning ilmiy-ijodiy ishlari mahsuli sifatida 31 nomdagi , 2002 – 2004 yillarda umumtaʼlim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflari uchun Kimyo fanidan darsliklar va shu sinflarda kimyo fani oʻqituvchilari uchun metodik qoʻllanmalar, 2010 – yilda „Kimyodan masala va mashqlar yechish“, „Kimyodan masala va mashqlar yechish usullari“ nomli umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilari uchun qoʻllanma, 2011-yilda „Kimyo asoslari“ nomli qoʻllanma, 2012- yilda 7-sinflarda kimyo fanini oʻqitish oʻqituvchilari uchun metodik qoʻllanma va boshqa darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan.