Kamil Wilczek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamil Wilczek
Wilczek Brøndby IF bilan, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamil Wilczek
Tavallud sanasi 14-yanvar 1988-yil (1988-01-14) (36 yosh)[1]
Tavallud joyi Wodzisław Śląski, Polsha
Boʻyi 1.86 m[1].
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Piast Gliwice
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
WSP Wodzisław Śląski
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Silesia Lubomia
2006 Horadada
2007 Elche Ilicitano
2007—2008 GKS Jastrzębie 32 (5)
2009—2010 Piast Gliwice 39 (7)
2010—2013 Zagłębie Lubin 42 (2)
2013—2015 Piast Gliwice 66 (29)
2015—2016 Carpi 3 (0)
2016—2020 Brøndby 124 (71)
2020 Göztepe 14 (1)
Milliy terma jamoa
2006—2007 Polsha U19 4 (1)
2009—2010 Polsha U21 8 (0)
2016—2017 Polsha 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kamil Antoni Wilczek (talaffuzi: Komil Vilchek; 1988-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Piast Gliwice va Polsha terma jamoasida oʻynaydi.

Wilczek 2015-yilda Carpida o‘ynagan, yarim yildan so‘ng 2016-yil yanvarida Daniyaning Brøndby IF klubiga o‘tgan. 2019-yilda Johan Larsson va Benedikt Röckerning ketishidan keyin „Brøndby“ sardori boʻldi. Shuningdek, musobaqada jami 71 ta gol urgan klubning Superligadagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

2016-yilning oktabr oyida Wilczek Polsha milliy terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi, avvalroq 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliuayi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wodzisław Śląskida tugʻilgan Wilczek faoliyatini mahalliy Wodzisław Śląski klubida boshlagan, keyin LKS Silesia Lubomia klubiga ijaraga oʻtgan. 2007-yilning sentyabridan 2008-yilning dekabrigacha Polsha birinchi ligasida UD Horadada va Elche CF Ilicitano klublarida oʻynagan Qishki transfer oynasida Piast Gliwicega qoʻshildi va 2009-yilning fevralida Ekstraklasada debyut qildi 2010-yil iyun oyida Zagłębie Lubinga oʻtdi[2]. Klubda uch yil oʻynadi. 2013-yilda Piast Glivitsaga qaytdi va 2015-yilda 20 ta gol bilan Ekstraklasaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

Brøndby[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil yanvar oyida Wilczek Daniyaning Brøndby IF klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi[3][4]. 2018-yil aprel oyida Brøndby bilan Superliga chempionligi uchun kurashda Wilczek beshta o‘yinda yettita gol urdi. Oʻyinlari tufayli Daniya Superligasining 2018-yil aprel oyidagi oyning eng yaxshi futbolchisi mukofotini oldi[5]. 2018-yilning 10-mayida 2017—2018-yilgi Daniya kubogi finalida Brøndby Silkeborgga 2 ta gol urdi (3 – 1)[6].

Göztepe[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 22-yanvar kuni Turkiya Superligasining Göztepe SK klubi Wilczek bilan bir yarim yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi[7]. 26-yanvar kuni Beşiktaşga qarshi oʻyinning 88-daqiqasida Cameron Jeromening oʻrniga maydonga tushib debyut qildi[8]. 8-iyul kuni MKE Ankaragücüga qarshi oʻyinda (2:2) birinchi golni penaltidan urdi[9]. Wilczek „Göztepe“ safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Copenhagen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 6-avgustda, Brøndbyni tark etganiga 6 oy oʻtgach, Wilczek Brøndbyning ashaddiy raqibi Copenhagenga oʻtdi[10]. Klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[11].

17-sentabr kuni Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida Ullevida IFK Göteborgga qarsi bahsda ilk Yevropa musobaqasidagi uchrashuvini oʻtkazdi[12].

Piast[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 31-yanvarda Wilczek Copenhagen bilan shartnomasini bekor qildi va Piast Gliwice bilan ikki yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Bu oʻz faoliyati davomida uchinchi marta Sileziyaliklar bilan shartnoma imzolashi edi[13]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wilczek Polsha U19 va Polsha U21 jamoalarining aʼzosi edi.

2015-yilning oktyabr oyida Shotlandiya va Irlandiya Respublikasiga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Polsha terma jamoasi safiga ilk chaqiruvini oldi[14].

2018-yil may oyida Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun Polshaning 35 kishilik dastlabki terma jamoasiga kiritilgan[15]. Biroq, yakuniy 23 kishilik tarkibga kirmadi[16]

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

28-noyabr, 2022-yil[17][18][19]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Pley-oflar Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
GKS Jastrzębie 2007—2008 I liga 22 3 0 0 22 3
2008—2009 I liga 10 2 1 0 11 2
Jami 32 5 1 0 33 5
Piast Gliwice 2008—2009 Ekstraklasa 13 2 13 2
2009—2010 Ekstraklasa 26 5 1 0 27 5
Jami 39 7 1 0 40 7
Zagłębie Lubin 2010—2011 Ekstraklasa 16 2 1 0 17 2
2011—2012 Ekstraklasa 16 0 0 0 16 0
2012—2013 Ekstraklasa 10 0 4 1 14 1
Jami 42 2 5 1 47 3
Piast Gliwice 2013—2014 Ekstraklasa 31 9 1 0 1 0 33 9
2014—2015 Ekstraklasa 35 20 2 0 37 20
Jami 66 29 3 0 1 0 70 29
Carpi 2015—2016 Serie A 3 0 1 0 4 0
Brøndby IF 2015—2016 Superliga 13 5 2 0 15 5
2016—2017 Superliga 30 13 4 2 8 4 42 19
2017—2018 Superliga 30 15 5 6 4 0 39 21
2018—2019 Superliga 33 21 3 2 4 3 1 1 41 27
2019—2020 Superliga 18 17 1 0 6 3 25 20
Jami 124 71 15 10 22 10 1 1 162 92
Göztepe 2019—2020 Süper Lig 14 1 0 0 14 1
Copenhagen 2020—2021 Superliga 27 10 2 0 3 1 32 11
2021—2022 Superliga 6 1 1 0 7 2 14 3
Jami 33 11 3 0 10 3 0 0 46 14
Piast Gliwice 2021—2022 Ekstraklasa 13 5 1 0 14 5
2022—2023 Ekstraklasa 14 5 1 0 15 5
Jami 27 10 2 0 29 10
Jami faoliyati 380 136 31 11 33 13 1 1 445 161

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-noyabr, 2017-yil[17].
Polsha
Yil Ishtirok Gollar
2016-yil 2 0
2017-yil 1 0
Jami 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brondby IF

  • Daniya kubogi : 2017—2018

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „spillerprofil“ (da). brondby.com. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  2. wid,12356315,wiadomosc.html?ticaid=1ae13 Wilczek piłkarzem Zagłębia 10 June 2010, wp.pl
  3. Kamil Wilczek podpisał kontrakt z Brondby
  4. „Calciomercato Carpi, via Wilczek: ufficiale al Brondby“ (it). Tuttosport (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  5. „Efter syv mål på fem kampe: Kamil Wilczek er månedens spillery“ (da). Tipsbladet (2018-yil 3-may). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  6. „Brøndby er pokalmester - ender ti års pokaltørke“ (da). TV2 Sport (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  7. „Göztepe Kamil Wilczek'i transfer etti“. Fanatik (2020-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  8. „Billeder: Kamil Wilczek-debut i sejr over storhold“. 3point (2020-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral. [sayt ishlamaydi]
  9. Giriş. „Göztepe 2-2 Ankaragücü - Maçın özeti ve golleri“. hurriyet.tr. Hürriyet (2020-yil 8-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  10. Wehlast. „Officielt: FC København henter Brøndby-legenden Kamil Wilczek“. ekstabladet.dk. Ekstra Bladet (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  11. „FCK henter Kamil Wilczek“. www.fck.dk. F.C. Copenhagen (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  12. Thorsen. „FC København er videre i Europa Liga efter sejr over IFK Göteborg“ (da). Ekstra Bladet (2020-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr. [sayt ishlamaydi]
  13. „Kamil Wilczek wrócił do Piasta!“ (pl). Piast Gliwice (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  14. „Polsha announce squad for Scotland clash“. scottishfa.co.uk (2015-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr.
  15. „Russia, Iceland & Polsha name provisional squads“. FIFA.com (2018-yil 11-may). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel. [sayt ishlamaydi]
  16. Tyers, Alan. „Polsha World Cup 2018 squad list and team guide“. The Telegraph (2018-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  17. 17,0 17,1 „Kamil Wilczek“. 90minut.
  18. „Kamil Wilczek“. Soccerway.
  19. „Kamil Wilczek » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  20. Polish Eskstraklasa top scorer (Wayback Machine saytida 2021-06-07 sanasida arxivlangan) 16 December 2018, hitc.com
  21. Ekstraklasa player Player of the year 16 December 2018, sport.nowiny.pl
  22. Eskstraklasa best forward (Wayback Machine saytida 2019-04-02 sanasida arxivlangan) 16 December 2018, ronaldo.com
  23. Brøndby IF Player of the year (Wayback Machine saytida 2018-12-16 sanasida arxivlangan) 16 December 2018, ronaldo.com
  24. Skovsgaard Tøfting, Nicolai. „Kamil Wilczek er månedens Superliga-spiller“ (da). bold.dk (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.