Kaliforniya (yarim orol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KaliforniyaShim. Amerikaning gʻarbiy qismidagi yarim orol, Meksikada. Kaliforniya qoʻltigʻini Tinch okeandan ajratib turadi. Uz. 1200 km, kengligi 80–250 km. Mayd. taxminan 144 ming km2. Qirgʻoqlari tik. Janda yondosh orollar va qulay buxtalar koʻp. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3078 m (La-Enkantada togʻi). Vulkanik va kristall massivlardan iborat. Marganets va mis rudasi konlari bor. Iklimi tropik issiq, quruq iklim. Yogʻin yiliga 250 mm yogʻadi. Choʻl va chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda oʻrmonlar uchraydi. Mahalliy aholi yaylov chorvachiligi, dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliq ovlash bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil