Kali Pasir masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Kali Pasir masjidi
Kali Pasir masjidining kirish qismi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Tangerang
Koordinatalar 6°10′45.2″S 106°37′43.9″E / 6.179222°S 106.628861°E / -6.179222; 106.628861 G OKoordinatalari: 6°10′45.2″S 106°37′43.9″E / 6.179222°S 106.628861°E / -6.179222; 106.628861 G O
Yoʻnalishi Sunniy
Meʼmoriy uslub Xitoy meʼmorchiligi
Asoschi Tumenggung Pamit Wijaya
Asosiy sana:
1700-yil
Bino maydoni 288 m2

Kali Pasir masjidi Tangerang shahridagi eng qadimiy masjid, Pajajaran qirolligiga qarashli yodgorlik[1]. U Cisadane daryosi qirgʻogʻida, Xitoy turar-joylari oʻrtasida joylashgan va Xitoyga mos naqshlari bilan ajralib turadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1700-yilda Bogor Kahuripanlik Tumenggung Pamit Wijaya tomonidan bunyod etilgan, hudud taxminan 288 kvadrat metrni tashkil qiladi[2][3]. Dastlab Tumenggung Pamit Wijaya Cirebon sultonligidan Bantengacha boʻlgan davrda islom dinini tarqatmoqchi boʻlgan, ammo Tangerangda toʻxtab, masjid qurdirgan[3]. Masjid qurilishi musulmonlar boʻlgan etnik xitoyliklar yordamida amalga oshirilgan[4]. 1712-yilda masjidni boshqarish huquqi uning oʻgʻli Raden Bagus Uning Wiradilaga oʻtgan[2]. Masjid qayta-qayta taʼmirlangan, ammo bino haligacha arab, xitoy va yevropa uslublarini oʻzida saqlab kelmoqda[4]. Hozirgi vaqtda arxitekturaning faqat ikkita asosiy qismi saqlanib qolgan: masjiddagi toʻrtta ustun va Xitoy uslubidagi naqshli kichik gumbaz[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Masjid Kali Pasir Warisan Sejarah Islam di Kawasan Pecinan“. 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  2. 2,0 2,1 „Masjid Kali Pasir“. 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Menengok Masjid Tertua Bercorak Tionghoa“. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  4. 4,0 4,1 „Unik,Pecinan Tangerang Punya Masjid Bermenara Pagoda“. Qaraldi: 2014-yil 12-may.