KaOS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(KaOS(Linux distro)dan yoʻnaltirildi)
KaOS

"Midna" stilidagi KaOS 2021.01 dan olingan skrinshot
OS oilasi Linux (Unix-like)
Ishlash holati Faol
Manba modeli Ochiq manba[1]
Dastlabki dastur 2013.9[2] / sentyabr2013 (10 yil avval) (2013-09)
Dasturiy taʼminotni
chiqarishning hayotga tatbiqi
2023.07 / 1-iyul, 2023-yil (9 oy avval) (2023-07-01)[3]
Paket menejeri pacman
Foydalanuvchi interfeysi KDE
Rasmiy veb-sayt kaosx.us

KaOS – bu KDE muhitining soʻnggi versiyasi, LibreOffice ofis toʻplamini va Qt uskunalar toʻplamini, shuningdek boshqa mashhur dasturiy taʼminot dasturlarini ham oʻz ichiga olgan Linux distribyutsiyasi[4].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

KaOS ning birinchi versiyasi „KdeOS“ sifatida 2013 yilda chiqarilgan. Distributiv nomi va KDE muhiti oʻrtasida chalkashliklarni oldini olish maqsadida 2013-yil sentabr oyida ushbu distributiv nomi „KaOS“ ga oʻzgartirildi[5].

Imkoniyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

KaOS ISO tasvir fayli orqali tarqatiladi va faqat 64-bitli x86 arxitekturali protsessorlarni qoʻllab-quvvatlaydi[6].

KaOS – bu ish stoli relizi boʻlib, noldan juda aniqlik bilan yaratilgan. Bitta ish stoli muhitiga (KDE Plazma 5), bitta asboblar toʻplamiga (Qt toolkit), yagona arxitektura(x86 64-bit), eng qulay vositalar va ilovalarni ishlab chiqishga eʼtibor qaratiladi[7].

Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Standart ilovalarga quyidagilar kiradi[7]:

  • Arc arxivator dasturi
  • Calamares operatsion tizim o'rnatuvchisi
  • Croeso ko'rinish and paket boshqaruvchi
  • Dolphin fayl menejeri
  • Elisa music player
  • Falkon veb-brauzeri
  • Gwenview image viewer
  • Haruna video player
  • K3B CD/DVD burner
  • Kamoso veb-kamerasi
  • Kate matn tahrirlovchisi
  • KDE Partition Manager
  • Konsole terminal emulator
  • Kwrite matn tahrirlovchisi
  • LibreOffice ofis dasturlari to'plami
  • MPV media player
  • Octopi software manager
  • Okular PDF viewer
  • Quassel IRC client
  • SimpleScreenRecorder
  • Spectacle skrinshot oluvchi vositasi
  • Vim text editor

Sharhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Phoronix 2016 yilda shunday deb yozgan edi: „Umuman olganda, men ushbu distributivning bir qismi boʻlganimdan juda mamnunman. KaOSni oʻrnatish oson edi va KDE Plazma 5 stekida tez ishlay boshladi. Umuman olganda, bu mening KaOS bilan oʻtkazgan qiziqarli va yoqimli bir necha soatim boʻldi.“ [8]

FossMint nashri 2017 yilda KaOSga shunday taʼrif berib oʻtadi:

"Zamonaviy, ochiq manbali, chiroyli dizaynlashtirilgan, QT va KDEga asoslangan Linux distrosi. Bu standart ish stoli muhiti sifatida KDE Plazma bilan keladigan, paket menejeri sifatida Pacmandan foydalanadigan va GitHubda 3-tartibli tuzilma omboriga ega boʻlgan prokat versiyadir. Ubuntu va shunga oʻxshash distrolar oʻrnatilganidan soʻng kelajakdagi yangilanishlar haqida bosh qotirishingiz kerak, bu yerda esa shunchaki „Asosiy versiya“ni yangidan oʻrnatish yoki umuman oʻrnatmaslik haqida qaror qilishingiz kerak xolos." [9]

Hectic Geek ham 2014 yilda KaOSni koʻrib chiqdi va ushbu distributivni tez tarqalmayotganini, biroq barcha kerakli ilovalarni oʻz ichiga olganligini yozdi[10].

DistroWatch Weekly nashridan Jesse Smith(talaffuzi: Jessi Smit) KaOS 2014.04 versiyasiga sharh yozdi[11]. Smithning taʼkidlashicha, KaOS imkoniyatlari boshqa distributivlarga qaraganda ancha yuqoridir.

Robert Rijkhoff(talaffuzi: Robert Rayxoff) DistroWatch Weekly uchun KaOS 2017.09 versiyasini koʻrib chiqdi va u „KaOS biroz oʻzgacharoq distro boʻlishga biroz harakat qilayotganga oʻxshaydi“ - deya yozgan oʻz sharhida[12].

ZDNet KaOS 2014.06 haqida amaliy sharh yozdi[13]:

KaOS hamma uchun umumiy Linux distribyutsiyasi yoki Linuxga endi yangi kelganlar uchun oson distributiv bo'lishni xohlamaydi. Ammo agar siz 64-bitli tizimlar uchun ishonchli, diqqat bilan ishlangan KDE muhitiga xos distributivga qiziqsangiz, menimcha, KaOS juda qiziqarli va ajoyib tanlov bo'lishiga ishonaman.

Dedoimedo KaOS 2014.12 ga quyidagicha sharh yozdi[14]:

KaOS 2014.12 juda ixcham va chiroyli mahsulot. Ammo bu eng zamonaviy operatsion tizim emas. Albatta, o'zining do'stona va qulayligi bilan, u ("KaOS" nazarda tutilyapti) mashhur nomlar orasida bo'lib, foydalanuvchi xohlagan va kerak bo'lgan hamma narsani taklif qiladi. Shunga qaramay, bu darajaga erishish uchun yana biroz ter to'kishilishi kerak bo'ladi. Chop etish, o'rnatishdagi xatoliklar, yetarlicha dasturiy ta'minotning mavjud emasligi, bularning barchasi KaOS ma'lum va mashhur nomlardan biriga aylanishidan oldin hal qilinishi kerak bo'lgan potentsial asosiy to'siqlardir.

Linux.com saytidan Jack Wallen(talaffuzi: Jek Uollen) 2016 yilda KaOS haqida oʻz fikrini bildirdi va distributiv chiroyli ekanligini aytib oʻtdi[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. KaOS · GitHub
  2. KaOS 2013.9 ISO released with KDE 4.12.0
  3. „KaOS 2023.07“. kaosx.us.
  4. DistroWatch. „DistroWatch.com: KaOS“. distrowatch.com. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  5. „Early September Status“. kaosx.us. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  6. „32bit Applications“. kaosx.us. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  7. 7,0 7,1 Hunt. „Review - KaOS“. Full Circle magazine (2022-yil 30-sentyabr). 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  8. „KaOS Offers A Nice KDE Linux Experience - Phoronix“. www.phoronix.com. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  9. „KaOS - A Modern, Beautiful & Lightweight KDE Distribution“ (en-US). FOSSMint: Everything About Linux and FOSS (2017-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  10. „KaOS (2014) - Fresh, Beautiful, Responsive & Worships KDE“ (en-US). Hectic Geek - Best Operating System Reviews (Mostly 'Linux') & App Tips (2014-yil 24-yanvar). 2018-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  11. DistroWatch. „First impressions of KaOS 2014.04. DistroWatch.com: Put the fun back into computing. Use Linux, BSD.. distrowatch.com. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  12. DistroWatch Weekly, Issue 733, 9 October 2017
  13. Watson, J.A.. „KaOS Linux: Hands-on with this solid and focused distribution | ZDNet“ (en). ZDNet. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  14. „KaOS 2014.12 review - Chaos and anarchy“ (en). www.dedoimedo.com. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  15. „KaOS Brings Serious Relevance Back to KDE“ (en). Linux.com | The source for Linux information (2016-yil 26-avgust). Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]