KT oʻpka angiogrammasi
KT oʻpka angiogrammasi (CTPA) oʻpka arteriyalarining tasvirini olish uchun kompyuter tomografiyasi (KT) angiografiyasidan foydalanadigan tibbiy diagnostika apparatidir.. Uning asosiy qoʻllanishi oʻpka emboliyasini (PE) tashxislashdir. [1] Bemor uchun minimal invaziv xususiyatga ega boʻlganligi sababli, PE tashxisida tasvirlashning afzal koʻrilgani boʻib, tomir ichiga yuborish orqali skaynerlanadi.
Zamonaviy MDCT (koʻp detektorli KT) skanerlari qisqa vaqt ichida yetarli darajada aniqlikdagi tasvirlarni etkazib berishga qodir, shuning uchun CTPA endi oʻpka emboliyasi diagnostikasi uchun oltin standart sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻpka angiografiyasi kabi oldingi tekshirish usullarini almashtirdi. [2]
Bemorga injektorli nasos yordamida yuqori tezlikda oʻz ichigan olgan kontrast moddani vena ichiga yuboriladi. Rasmlar pulmoner arteriyalarda radio-shaffof kontrastning maksimal intensivligi bilan olinadi. Buni bolus kuzatish yordamida amalga oshirish mumkin.
Oddiy CTPA tekshiruvi oʻpka tomirlarini toʻldiradigan kontrastni koʻrsatadi va yorqin oq rangda koʻrinadi. Har qanday massa toʻldirish nuqsonlari, masalan, emboliya, kontrast oʻrnida qorongʻi boʻlib koʻrinadi va oʻpkaga qon quyilishi kerak boʻlgan boʻshliqni toʻldiradi/toʻsib qoʻyadi.
Diagnostikada foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]CTPA 1990-yillarda ventilyatsiya/perfuzion skanerlash (V/Q skaneri) ga muqobil sifatida joriy qilingan, bu oʻpka qon tomirlarining radionuklid tasviriga tayanadi. Bu oʻpka emboliyasi uchun juda sezgir va oʻziga xos tahlil sifatida qabul qilinadi. [1]
CTPA odatda faqat oʻpka emboliyasiga klinik jihatdan tahlil aniq boʻlmaganda taqdirda tavsiya qilinadi. Agar PE ehtimoli past deb hisoblansa, D-dimer deb ataladigan qon tahlili soʻralishi mumkin. Agar bu salbiy boʻlsa va PE xavfi ahamiyatsiz deb hisoblansa, CTPA yoki boshqa skanerlar odatda bajarilmaydi. Koʻpgina bemorlar CTPA talab qilinishidan oldin koʻkrak qafasi rentgenogrammasini oʻtkazishadi. [1]
CTPA kichikroq emboliyalarni oʻtkazib yuboradi degan dastlabki xavotirdan soʻng, 2007-yilda CTPA ni V/Q skanerlash bilan taqqoslagan tadqiqot CTPA V/Q skanerlash bilan solishtirganda uzoq muddatli asoratlar xavfini oshirmasdan koʻproq emboliyalarni aniqladi. [3] Kamroq nurlanish dozasi zarur boʻlganda ham AV/Q skanerlash tavsiya etilishi mumkin. [4]
CTPAda oʻtkir emboliyalar taxminan 5 va 65 Hounsfild birliklari (HU) oraligʻida oʻzgarib turadigan radiodansiyatlarda topilgan, surunkali emboliyalar esa taxminan 30 va 150 gacha boʻlgan [5]
Angiopulmonografiya — oʻpka qon tomilarini holatini baholashda ishlatiladigan, asosiy diagnostik usul xisoblanadi. Qon tomiriga oʻzida yod saqlovchi kontrastli modda kiritiladi. Bu moddani oʻziga xos xussiyatga ega boʻlib, rentgen nurlarini yutadi va rentgen tasvirida yaqqol koʻrinadi.
Mutaxassislar bunday tasvirlarga qarab, oʻpka qon tomirlarida oʻzgarishlarni aniqlashadi.
Bu metod 2 turga umumiy va selektiv angiopulmonografiyalarga ajratiladi. Umumiy angiopulmonografiyada kontrast vosita oʻpka arteriyasining oʻziga kiritiladi. Va shu yoʻl bilan kichik qon aylanish doirasining barcha qon tomirlari tasvirga tushadi.
Selektiv usul bilan oʻpka arteriyasining faqat bitta tarmogʻiga kontrast modda kiritiladi shu yoʻl bilan faqat bitta oʻpka yoki uning boʻlagini qon oqimi holati baholanadi.
Angiopulmonografiyaga koʻrsatmalar. Qanday kasalliklarda bu usul qoʻllanadi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻpka rivojlanishining tugʻma anomaliylari
- Oʻpka oʻsmalariga gumon qilinganda
- Bronxoektaz kasalligi
- Oʻpka atreriyasi emboliyasi
- Kichik qon aylanish doirasidagi tomirlaridagi patologik oʻzgarishlar
- Oʻpka qon aylanishi tomirlarining holatini baholash uchun yoki tugʻma yurak nuqsonlarida yurak jarrohligiga tayyorgarlikda
Angiopulmonografiya qarshi koʻrsatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻtkir yuqumli kasallik.
- Bronxial astma.
- Yod preparatlariga allergik reaktsiyalar tarixi.
- Buyraklar faoliyatining etishmasligi.
- Jigar faoliyatining etishmasligi.
Diagnostik muolajaga tayyorgarlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiruv oʻtkaziladi:
- Umumiy qon analizi
- Koagulogramma (Qon ivish koʻrsatkichi)
- Qonning biokimyoviy tekshiruvi
- Qon guruhi va Rezus omil
- EKG
- ExoKG (Yurak ultratovush tekshiruvi)
- Tadqiqot arafasida kateter qoʻyiladigan soha ustida tuklarlarni qirib tashlash kerak. Oʻpka angiografiyasi och qoringa oʻtkaziladi
Foydalanilgan adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 "Clinical practice. The evaluation of suspected pulmonary embolism". The New England Journal of Medicine 349 (13): 1247–1256. September 2003. doi:10.1056/NEJMcp035442. PMID 14507950. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Fedullo" defined multiple times with different content - ↑ "CT Imaging of Pulmonary Embolism: Current Status". Current Cardiovascular Imaging Reports 4 (6): 476–484. 6 October 2011. doi:10.1007/s12410-011-9112-6.
- ↑ "Computed tomographic pulmonary angiography vs ventilation-perfusion lung scanning in patients with suspected pulmonary embolism: a randomized controlled trial". JAMA 298 (23): 2743–2753. December 2007. doi:10.1001/jama.298.23.2743. PMID 18165667.
- ↑ „Venous thromboembolic diseases: diagnosis, management and thrombophilia testing“. National Institute for Health and Care Excellence (2015-yil noyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-yanvar.
- ↑ "Attenuation of acute and chronic pulmonary emboli". Radiology 235 (3): 1050–1054. June 2005. doi:10.1148/radiol.2353040387. PMID 15833986. https://archive.org/details/sim_radiology_2005-06_235_3/page/1050.