KAMAZ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SSSR pochta markasi, 1974-yil

"KAMAZ" OAJ(Ommaviy aktsiyadorlik jamiyati) (ruscha: Ка́мский автомоби́льный заво́д, «КамАЗ» Kam avtomobil zavodi soʻziining qisqartmasi, ilgari „KamAZ“[⇨]) 1976 yildan beri faoliyat yurituvchi sovet, undan keyin Rossiya kompaniyasi, dizel yuk mashinalari va dizel dvigatellari ishlab chiqaruvchisi. Shuningdek, avtobuslar, elektrobuslar, vodorod avtobuslari[1] (" NEFAZ " brendi ostida), traktorlar, kombaynlar, elektr arregatlar, mini issiqlik elektr stansiyalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Asosiy ishlab chiqarish Naberejniye Chelni shahrida joylashgan.

Faoliyat koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"KAMAZ" OAJ boʻlinmalari va shoʻba korxonalarida 36 mingga yaqin kishi ishlaydi.

2015-yilda 29140 ta tayyor KamAZ yuk avtomobillari ishlab chiqarildi: Rossiya bozoriga 22,6 mingdan ortiq dona yetkazib berildi, 5,6 mingdan ortigʻi eksport qilindi.

Trassada KamAZ bort avto poyezdlari

2017-yilda 38159 ta avtomobil ishlab chiiqarilgan[2]. 5038 ta avtomobil eksport qilingan. Rossiyaning ogʻir yuk avtomobillari bozoridagi KamAZ ulushi 45,2 % ni tashkil qilingan.

2018-yilda 38382 ta avtomobil ishlab chiiqarilgan. 5698 ta avtomobil eksport qilingan. Rossiyaning ogʻir yuk avtomobillari bozorida KamAZ ulushi 41 % ni tashkil qilingan[3].

2019-yilda kompaniya sof foyda kutmagan edi, aylanmasi +192 milliard rublni tashkil etgan, Rossiyada yuk mashinalari savdosi ~ 30 ming, eksport ~ 5 ming tashkil etgan[4].

2021-yilda ishlab chiqarish hajmi 45 ming dona avtomobilni tashkil etdi, bu esa rejadan 20 foizdan ortiqroq bajarilganini anglatadi. Sutkalik yuk mashinasi yigʻish tezligi 23 % ga oshdi va 210 donaga yetdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]