Jvke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jvke
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Jacob Dodge Lawson[1]
3-mart 2001-yil (2001-03-03) (23 yosh)[1]
Kelib chiqishi Cranston, Rhode Island
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
Leybl AWAL
Janr Pop
Faoliyat yillari 2020–hozirgacha
Veb-sayt https://itsjvke.com/


Jacob Dodge Lawson (2001-yil 3-mart[1]) Jvke nomi bilan tanilgan (ammo Jake (talaffuzi: Jeyk) singari oʻqiladi[2]) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, prodyuser va ijtimoiy tarmoq shaxsi. COVID-19 pandemiyasi paytida u oʻz qoʻshiqlari uchun TikTok videolarini yaratishni boshladi, ulardan biri „Upside Down“ 2021-yilda keng ommalashdi va qoʻshiq 14 milliondan ortiq TikTok videolarida foydalanilgan. Uning debyut albomi „This Is What ____ Feels Like“ (1–4-jildlar) (2022) „Billboard 200“ roʻyhatida 40-oʻrinni egalladi[3], „Golden hour“ qoʻshigʻi esa „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi.

Lawson 2022-yil oktyabr oyida „MTV Push Artist“ nomini oldi va u Tonight Show with Jimmy Fallonda „Golden hour“ni jonli ijro etdi, shuningdek, MTV uchun Yevropada bir nechta chiqishlar ham qildi.

Hozirda Lawsonning TikTok platformasida 11 milliondan ortiq obunachilari bor.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lawson Providence, Rod-Aylendda tugʻilgan[4]. U cherkovda musiqiy tarbiya olgan va pianino darslari oʻtgan[5][6], shuningdek, oʻz cherkovi haqida qoʻshiqlar kuylashni va yozishni boshladi. U katolik maktabiga, soʻngra oʻzining tugʻilgan shahri Krenstondagi davlat oʻrta maktabiga bordi[7]. Qoʻshiqchi boʻlish uchun oʻqishni tashlab ketishdan oldin bir yarim yil davomida Rod-Aylenddagi jamoat kollejida oʻqidi[8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi paytida Jvke TikTokga qoʻshildi. TikTok uchun baʼzi kichik videolar yaratgandan soʻng, u oʻzining birinchi singli „Upside Down“ni ommaga eʼlon qildi[7][9]. Qoʻshiq shu darajada mashhur boʻldiki, Charlie Puth qoʻshiq remiksini ishlab chiqdi[10]. 2021-yil yanvar oyida Instagramda jonli efirda Jvke Galantis bilan qoʻshiq ustida hamkorlik qilishini eʼlon qildi. Va hamkorlikdagi „Dandelion“ qoʻshigʻini 2021-yil yanvar oyida chiqardi.

Jvke 2022-yil 15-iyulda „Golden Hour“ qoʻshigʻini chiqardi[11], bu qoʻshiq u akasi Zachary John Lawson bilan birga yozgan va klipini tahrirlagan. Bu uning Billboard chartlarida birinchi oʻrinni egallagan qoʻshigʻi boʻlib, butun dunyo eʼtiborini tortdi va shu qoʻshigʻi ortidan telekoʻrsatuvlarda taklif qilindi. U, shuningdek, 2022-yil oktabr oyida „MTV Push Artist“ nomini oldi[12]. Qoʻshiq chiqqandan soʻng MTV UKning YouTube sahifasi uchun shu qoʻshiqni kuylab video ishlashdi. U, shuningdek, MTV Italia uchun ham qoʻshiqni kuylab bergan[13].

„Golden Hour“ „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 71-raqamda debyut qildi[14][15] va 10-oʻringacha koʻtarildi[16]. Shuningdek, u Buyuk Britaniyaning Singles Chartida 19-oʻrinni egalladi[17]. 2022-yil noyabr oyi holatiga koʻra, qoʻshiq YouTube, TikTok va boshqa ijtimoiy media platformalarida 100 milliondan ortiq koʻrilgan[18].

2022-yil 17-noyabrda Jvke Nyu-York, Los-Anjeles va boshqa mamlakat shaharlarida birinchi gastrol safarini eʼlon qildi[19].

2022-yil 8-dekabrda Jvke Martin Garrix bilan birgalikda va Marvel Snap mobil karta oʻyini bilan hamkorlikda[20] „Hero“ singlini chiqardi[21].

2023-yilda Jvke Kodak Black va NLE Choppa tomonidan yozilgan „Angel Pt. 1“ trekida BTSdan Jimin va Muni Long bilsn birgalikda ihtirok etdi[22]. Qoʻshiq Fast X (2023) saundtrekining bir qismidir.

Mukofot va soveinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil Qabul qiluvchi(lar) va nomzod(lar) Turkum Natija Manba
iHeartRadio Music Awards 2023 Oʻzi Social Star Award Yutuq [23]
MTV Video Music Awards "Golden Hour" Push Performance Of The Year Nominatsiya [24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Charger“. ASCAP. American Society of Composers, Authors and Publishers. Qaraldi: 2023-yil 13-mart.
  2. Rach On The Radio. „JVKE Does Mash-Up Challenge To His Latest TikTok Single 'Upside Down'!“ (en). Q102 (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  3. „Billboard 200: Week of January 28, 2023“. Billboard. Qaraldi: January 25, 2023.
  4. „JVKE Songs, Albums, Reviews, Bio & More“ (en). AllMusic. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  5. „Get to Know JVKE and His Musical Upbringing“ (en). MTV (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  6. Mahjouri, Shakiel „Viral Sensation JVKE On Building On His Success: 'TikTok Fame Comes Really Quick And Goes'“ (en-US). ET Canada (2020-yil 1-oktyabr). 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  7. 7,0 7,1 Duguay, Rob „Cranston's JVKE goes viral on TikTok with hit 'Upside Down'“ (en). Cranston Herald (2020-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  8. Jackson. „Rhode Island TikTok Star JVKE Has Viral Hit in 'Golden Hour'“ (en). FUN 107 (2022-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  9. Thompson, Dillon „TikTok's hottest song was written by a 19-year-old and his mom: 'Momma's gonna make this a bop'“ (en-US). Yahoo (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  10. Leiber, Sarah Jae „Charlie Puth Hops on Viral JVKE Tiktok Song 'Upside Down'“ (en). BroadwayWorld.com (2020-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  11. golden hour (inglizcha), 2022-07-15, qaraldi: 2023-04-05
  12. Doby, Jerry „MTV Names JVKE as Global PUSH Artist for the Month of October“ (en-US). The Hype Magazine (2022-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  13. „JVKE – "golden hour"“ (en). MTV (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  14. Zellner, Xander (2022-09-07). „Hot 100 First-Timers: JVKE Clocks Debut Entry With Viral Hit 'Golden Hour'. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: 2022-11-17.
  15. Eggertsen, Chris (2022-11-04). „Breakout Artist JVKE Is Raking In Major Label Offers, So Why Does He Want To Stay Independent?“. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: 2022-11-17.
  16. „Billboard Hot 100“. Billboard. 2023-01-21. Qaraldi: 2023-01-18.
  17. „JVKE | full Official Chart History | Official Charts Company“. www. officialcharts.com.
  18. Mwenesi, Susan „'He went off': Young man plays song for childhood piano teacher, warms hearts“ (en). Tuko.co.ke - Kenya news. (2022-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  19. Major, Michael „JVKE Announces Debut Headline Shows in New York City & Los Angeles“ (en-US). Broadway World (2022-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  20. Hashimoto, Marika „Martin Garrix and JVKE Release Super Hero Studded Video for Their Anthem Track 'Hero' Inspired by the Hit Game MARVEL SNAP“ (en). Marvel. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  21. Hero (inglizcha), 2022-12-08, qaraldi: 2023-04-05
  22. „BTS' Jimin, Kodak Black, NLE Choppa, JVKE, and Muni Long join forces for new song 'Angel Pt. 1' for Fast X“ (en). bandwagon.asia (2023-yil 9-may). Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  23. „Jack Harlow Scores Two Song of the Year Nods for 2023 iHeart Radio Awards: Full Nominations List“. Billboard. January 11, 2023. Qaraldi: January 11, 2023.
  24. Curto, Justin „Here Are the 2023 VMA Winners“ (en-us). Vulture (2023-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]