Juvayniy (davlat arbobi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy (?— 1284) — Xulokuiylar davlati arbobi. Tarixchi Alouddin Juvayniyning birodari. Xulokuiylar (elxonlar,)dan Huloku (1256—82) hukmronligi davrida qariyb 30 yil sohibi devon (vazir) boʻlgan. Ahmad bilan shahzoda Argʻun (1284—91 y.larda hukmdorlik qilgan) oʻrtasidagi taxt uchun kurashda Argʻun yengib chiqqach, J. va uning toʻrt oʻgʻli Tabrizda qatl qilingan.

J. raiyatparvar, halol kishi boʻlib, xalq va davlat ravnaqiga katta hissa qoʻshgan. U oʻzi olim, adib va shoir boʻlish bilan birga ilm va sanʼat ahli homiysi edi. Mantiqqa oid "Shamsiyya" nomli risola uning qalamiga mansub boʻlib, Saʼdiy oʻzining "Sohibiyya" nomli hikmatli turkum sheʼrlarida J. va uning faoliyatini nazarda tutgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil