Justin Wilson (avtopoygachi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Justin Wilson

Wilson 2013-yilgi Long Beach Gran-prisida
Tugʻilgan joyi 31-iyul 1978-yil (1978-07-31) (45 yosh)
Yorkshire, Angliya[1][2]
Vafot etdi 2015-yil 24-avgust
Pensilvaniya, AQSH
Sobiq jamoasi Newman/Haas/Lanigan Racing, Conquest Racing, Dreyer & Reinbold Racing
Startlar 174
Gʻalabalar 7
Unvonlar 0
Pole pozitsiyasi 8
Tez aylanishlar 2

Justin Boyd Wilson (1978-yil 31-iyul — 2015-yil 24-avgust) — 2003-yilda Formula-1 (F1), 2004—2007-yillarda Champ Car World Series (CCWS) va 2008-yildan IndyCar seriyalarida ishtirok etgan britaniyalik poygachi. Uning birinchi yutugʻi Formula Palmer Audi (FPA) 1998 chempionligini qoʻlga kiritishi hisoblanadi. Xalqaro Formula 3000 chempionati (IF3000)da Nordic Racing jamoasi bilan bir qancha mavsumlarda ishtirok etgan. Jumladan, Wilson uchun 2001-yilgi mavsum omadli kechdi.

Justin Boyd Wilson sakkiz yoshida karting bilan shugʻullana boshladi va Formula Vauxhall Championship poygasiga ishtirok etdi. Bir qancha yutuqlarga erishdi. U FPA unvonini qoʻlga kiritdi va IF3000da toʻliq moliyalashtirilgan joyni egalladi. 2001-yilda seriya chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi britaniyalik haydovchiga aylandi. U Nissan tomonidan tushgan taklifga koʻra 2002-yilda Racing Engineering jamoasi uchun Jahon seriyasida ishtirok etdi va toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

U 2004-yildan 2007-yilgacha CCWSda Conquest Racing va RuSPORT jamoalari uchun poygalarda qatnashdi. Toʻrtta poygada gʻolib chiqdi. 2006 va 2007-yillardagi chempionatlarida ikkinchi oʻrinni egalladi. Wilson 2008-yilgi IndyCar seriyasi uchun Nyuman/Haas/Lanigan jamoasidan qatnashdi va Detroyt Indy Gran-prisini yutib oldi. 2009-yil uchun kam byudjetli Dale Coyne Racing (DCR) jamoasiga oʻtdi va Glendagi Gran-prida jamoaning birinchi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshdi. Wilson 2010 va 2011-yillarda Dreyer & Reinbold Racing jamoasiga oʻtdi, ammo birorta poygada gʻalaba qozona olmadi. U 2012-yildan 2014-yilgacha DCRga qaytib, 2012-yilgi Firestone 550da gʻolib chiqdi va 2013-yilgi haydovchilar chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi.

Wilson 2015-yilgi mavsum oxirida Pocono poygasida ABC Supply 500 avtomobili bilan ishtirok etdi. Ushbu poygada Wilson avtohalokatga uchradi va ogʻir jarohatlari tufayli vafot etdi. U 2011-yildan buyon IndyCar poygasida vafot etgan birinchi haydovchi boʻldi. Uning organlari besh kishining hayotini saqlab qolish uchun donor organlar sifatida ishlatilgan. Uning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash uchun fond tashkil etilgan.

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daytona poygasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Photograph of Wilson in a racing car leaving a curve
Wilson 2003-yilgi Britaniya poygasida
Yil Jamoa Yordamchi haydovchi Avtomobil Klass Aylanish Poz Klass poz
2006 Michael Shank Racing A. J. Allmendinger
Oswaldo Negri Jr.
Mark Patterson
Riley Mk. XI-Lexus DP 733 2 2
2008 Michael Shank Racing Oswaldo Negri Jr.
Mark Patterson
Graham Rahal
Riley Mk. XI-Ford DP 680 6 6
2010 Chip Ganassi Racing bilan Felix Sabates Max Papis
Scott Pruett
Memo Rojas
Riley Mk. XI-BMW DP 755 2 2
2011 Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian A. J. Allmendinger
Michael McDowell
Dallara Ford DP 719 7 7
2012 Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian A. J. Allmendinger
Oswaldo Negri Jr.
John Pew
Riley Mk. XXVI-Ford DP 761 1 1
2013 Michael Shank Racing A. J. Allmendinger
Marcos Ambrose
Oswaldo Negri Jr.
John Pew
Riley Mk. XXVI-Ford DP 709 3 3
2014 Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian A. J. Allmendinger
Oswaldo Negri Jr.
John Pew
Riley Mk. XXVI-Ford EcoBoost P 599 47 12

Formula E[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Avtomobil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Poz Ball
2014-15 Andretti Autosport Spark-Renault SRT 01E BEI PUT PDE BNA MIA LBH MCO BER MSC
10
LDN LDN 25 1

Indianapolis 500[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shassi Dvigatel Start Finish Jamoa
2008 Dallara Honda 16 27 Newman/Haas/Lanigan Racing
2009 Dallara Honda 15 23 Dale Coyne Racing
2010 Dallara Honda 11 7 Dreyer & Reinbold Racing
2011 Dallara Honda 19 16 Dreyer & Reinbold Racing
2012 Dallara Honda 21 7 Dale Coyne Racing
2013 Dallara Honda 14 5 Dale Coyne Racing
2014 Dallara Honda 14 22 Dale Coyne Racing
2015 Dallara Honda 6 21 Andretti Autosport

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rickett, Paul. „Rotherham racing driver in fight for life“. Rotherham Advertiser (24-avgust 2015-yil). 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2019-yil.
  2. Williams, Richard. „Justin Wilson obituary; Former F1 driver who found success in the US in IndyCar racing“. The Guardian (26-avgust 2015-yil). 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]