Kontent qismiga oʻtish

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi - O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha respublika media tuzilmasi hisoblanadi. Markaz rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulnara Babajanova.

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaz 1997-yilda tashkil etilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha respublika media-tuzilmasi hisoblanadi. [1] Markazning maqsadi va nizomda koʻrsatilgan vazifasi mamlakat jurnalistlari va jurnalistika fakulteti talabalari, blogerlari faoliyatida kasbiy, huquqiy bilimlarini orttirish va zamonaviy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish hamda ularning amalda turli onlayn texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga oʻrgatishdan iborat. Shuningdek, mahalliy jurnalistika sifatini oshirish va Oʻzbekistonda ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, ommaviy axborot vositalari orqali mamlakat aholisini ochiq konstruktiv muloqotga jalb etish va fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash, keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan doʻstona aloqalar va bagʻrikenglik tamoyillarini mustahkamlash Markazning uzoq muddatli faoliyat maqsadlarini tashkil qiladi.

Treninglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaz mamlakatimizning barcha hududlarida mavzularga oid oʻquv seminarlarni uyushtirib, jurnalistika sohasida jahon ilgʻor tajribasi asosida dasturlarni ishlab chiqadi. Treninglar OAVning korrupsiyaga qarshi, radikallashuv va terrorizmni oldini olish, jurnalistika Sanasi asoslari, tahliliy, iqtisodiy, ekologik jurnalistika, gender tenglik va tinchlikparvarlik va boshqa mavzularni qamrab oladi.

Har yili mamlakatimizning salkam 1000 nafar jurnalist va blogerlari, qator universitetlari oʻqituvchilari, magistrantlari treninglarida jurnalistikaga oid bilimlarni oshiradilar. Uzoq yillik faoliyati davomida Markaz negizida ilmiy darajalar va amaliy koʻnikmalariga ega boʻlgan, ishtirokchilarimizni yuqori professional darajada tayyorlaydigan malakali davr talabiga javob beradigan milliy trenerlardan iborat maktab yetishib chiqqan.

O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi shu bilan birga OAV sohasida turli ixtisosliklar boʻyicha jurnalistlar va jurnalistika talabalari uchun tahliliy tadqiqotlar va oʻquv qoʻllanmalari, yoʻriqnomalar hozirlamoqda.[2]

Hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaz oʻz faoliyati davomida koʻplab nufuzli xalqaro tashkilotlar va taʼlim tuzilmalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni muntazam tarzda amalga oshib kelyapti.[3]

Markaziy Osiyoda qator sherik media-tashkilotlar mavjud boʻlib, ular bilan barobarlikda hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum asosida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda hamda ekspertlar ishtirok etib, axborot va oʻquv materiallari bilan oʻrtoqlashilmoqda. [4]

Markazning yetakchi trenerlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nargis Qosimova - Falsafa doktori

Yakutxon Mamatova - Falsafa doktori

Muhayo Saidova - OʻzDJTU oʻqituvchisi

Nozima Tashpulatova - trener

Anora Sodiqova - trener

Nodira Alimova - treneri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://jqtm.uz/bizhxaqimizda/
  2. https://jqtm.uz/nashrlar/
  3. https://surxonstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/11051-data-jurnalistika-bo-yicha-trening-o-tkazildi
  4. https://www.xabaruz.com/uz/jamiyat/usaid-ozbek-jurnalistlarini-qayta-tayyorlamoqda