Junior Moreno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Junior Leonardo Moreno (talaffuzi: Junior Leonardo Moreno Borrero)1993-yil 20-yil Venesuelada tugʻilgan. Venesuelalik futbolchiCincinnati“ klubi va Venesuela terma jamoasi yarim himoyachisi.

Junior Moreno Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Junior Leonardo Moreno

Tugʻilgan

20-iyul 1993-yil(1993-07-20)[1] (29 yosh)

Venesuela

Fuqaroligi

Flag Venesueli Venesuela

Boʻyi

175 sm

Vazni

70 kg

Pozitsiyasi

yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag SShA Cincinnati

Raqami

93

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Juniorning otasi Karlos Moreno argentinalik mashhur futbolchi va murabbiy. Aka-uka Carlos va Marcelo ham professional futbolchi[2].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moreno professional faoliyatini „Deportivo Lara“da boshlagan. 2012-yil 18-noyabrda u „Yaracuyanos“ga qarshi Venesuela Primer ligasida debyut qildi[3]. 2015-yil 3-may kuni „Deportivo Anzoátegui“ga qarshi oʻyinda Junior „Deportivo Lara“ safida oʻzining birinchi golini urdi[4].

2015-yilning yozida Moreno „Zulia“ga koʻchib oʻtdi. 11-iyul kuni „Estudiantes de Karakas“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5]. 16-avgust kuni „Tukanes de Amazonas“ga qarshi bahsda Junior Zulia uchun birinchi golini urdi[6]. 2016-yilda u klubning chempionatda ikkinchi oʻrinni egallashiga va Venesuela kubogini yutishiga yordam berdi.

2018-yil 2-yanvarda Moreno Amerikaning „DC United“ bilan shartnoma imzoladi[7][8]. 3-mart kuni „Orlando City“ga qarshi 2018-yilgi mavsumning ochilish raundidagi oʻyinda u MLSda debyut qildi[9]. 2021-yil 29-sentabrda „Minnesota United“ga qarshi bahsda Leonardo MLSdagi ilk golini urdi[10]. 2021-yilgi mavsum oxirida Morenoning „DC United“ bilan shartnomasi tugadi, ammo klub ligadagi oʻyinchiga boʻlgan huquqlarni saqlab qoldi[11].

2022-yil 25-fevralda „Cincinnati“ Morenoni „DC United“dan 250 000 AQSh dollari evaziga umumiy taqsimot fondlarida sotib oldi, bunda maʼlum ko‘rsatkichlarga erishishga qarab qo‘shimcha 175 000 AQSh dollari qo‘shimcha haq to‘lash mumkin. Futbolchi klub bilan 2022-yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi va u 2023-yilga qadar uzaytirilishi mumkin[12]. U ertasi kuni „Ostin“ga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida Cincinnati uchun debyut qildi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 4-iyun kuni Moreno Venesuela terma jamoasida AQSh terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[14]. 9-iyun kuni Ekvador terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Junior terma jamoa safidagi ilk golini urdi[15].

2019-yilda Moreno Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Braziliya, Boliviya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18][19].

2021-yilda Moreno ikkinchi marta Amerika kubogida ishtirok etdi[20]. Turnirda u Braziliya, Kolumbiya, Peru va Ekvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[21][22][23][24].

Venesuela tarkibidagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2017-yil 9-iyun Fhoo stadioni, Boka Raton, AQSh  Ekvador 1 :1 1 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Júnior Moreno // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Junior Moreno "Espero que esta sea la primera de muchas copas"“ (es). Balonazos.com (13 abr 2013). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  3. „Депортиво Лара VS. Яракуянос 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 18-noyabr). 2013-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  4. „Депортиво Лара VS. Депортиво Ансоатеги 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-may). 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  5. „Эстудиантес де Каракас VS. Сулия 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul).
  6. „Туканес де Амасонас VS. Сулия 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul).
  7. „United acquire Venezuelan National Team midfielder Júnior Moreno“ (en). D.C. United (2018-yil 2-yanvar). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
  8. „D.C. United signs Venezuela midfielder Junior Moreno“ (en). ESPN (2018-yil 2-yanvar). 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
  9. „Post-Match Facts | #ORLvDC Week 1“ (en). D.C. United (2018-yil 3-mart). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
  10. „Post-Match Facts | #DCvMIN“ (en). D.C. United (2021-yil 29-sentyabr). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  11. „D.C. United Announce Year-end Roster Decisions ahead of 2022 MLS Season“ (en). D.C. United (2021-yil 29-noyabr). 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  12. „FC Cincinnati acquire midfielder Júnior Moreno from D.C. United“ (en). FC Cincinnati (2022-yil 25-fevral). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  13. „RECAP | FC Cincinnati drop season opener at Austin FC“ (en). FC Cincinnati (2022-yil 26-fevral). 2022-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  14. „США VS. Венесуэла 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-iyun). 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  15. „Эквадор VS. Венесуэла 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-iyun). 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  16. „Венесуэла VS. Перу 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyun). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  17. „Бразилия VS. Венесуэла 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 19-iyun). 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  18. „Боливия VS. Венесуэла 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-iyun). 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  19. „Венесуэла VS. Аргентина 0:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-iyun). 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  20. „La Vinotinto tiene sus 28 guerreros para la CONMEBOL Copa América 2021“ (es). Federación Venezolana de Fútbol (10 junio 2021). 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  21. „Бразилия VS. Венесуэла 3:0“ (en). soccerway.com (2021-yil 13-iyun). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
  22. „Колумбия VS. Венесуэла 0:0“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-iyun). 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
  23. „Венесуэла VS. Перу 0:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 27-iyun). 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
  24. „Венесуэла VS. Эквадор 2:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 20-iyun). 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.