Jungʻor qumsoʻtasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jungʻor qumsoʻtasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli o‘simliklar
Turkum: Cynomorium
Oila: Qumso‘tadoshlar

Jungʻor qumsoʻtasi (lotincha: Cynomorium songaricum) — qumso‘tadoshlar oilasi sinomorium turkumiga mansub ko‘p yillik, parazit o‘simlik. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob,endemik tur sifatida kiritilgan. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Ko‘proq qumli va ola jinsli tuproqlarda o‘sadi. Sho‘rxok tuproqli yerlarda o‘sishga moslashgan[1]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 7-20 sm, yog‘onligi 1,5-3 sm gacha yetadigan ko‘p yillik parazit o‘simlik. Sirti uzunligi 3-5 sm bo‘lgan tangachalar bilan qoplangan. Rangi qizil binafsharang. Xlorofili yo'qligi sababli fotosintez qila olmaydi. Hayotining katta qismini ildizpoya ko‘rinishida tuproq ostida o'tkazadi. U boshqa o‘simliklarning ildiziga yopishib olib parazitlik qiladi. Bahorgi va qishki yomg'irdan keyin unib chiqadi. To‘pguli tig'iz silndrsimon yoki to‘g‘nog‘ichsimon shaklda. Gullari juda zich joylashgan. Gulqo‘rg‘on bo‘lakchalarining uzunligi 2-4 mm, changchisining uzunligi changdoni bilan qo‘shib hisoblaganda 2,5 mm, urug‘chibargining uzunligi 2-3 mm. Gullari bir yoki ikki jinsli, ulardan shirin biroz karamga o'xshash hid taraladi. Chivinlar yordamida changlanadi. Changlanishdan keyin boshog'i qora tusga kiradi. May iyunda gullab meva tugadi. Mevasi quruq yong‘oq meva. Urug‘i orqali ko'payadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka-yakka holatda ba'zan kichik to‘plam hosil qilib o‘sadi. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Qumli va ola jinsli tuproqlarda o‘sadi. Kamayib ketishiga tabiiy omillar sabab bo‘lgan. Parazit o‘simlik bo‘lgani uchun hayot kechirishi to‘liq xo‘jayin organizmga bog‘liq[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cynomorium songaricum“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.