Jumek Oʻrinboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jumek Asqarovich Oʻrinboyev (15-may, 1906-yil, Chimboy shahri — 23-dekabr, 1973-yil, Nukus) — pedagog olim, pedagog fanlari doktori (1967), professor (1971). Oʻzbekiston (1967) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻqituvchilar tayyorlaydigan kursni tugatib (1924), qishloq maktabida oʻqituvchi;
  • Chimboy shahridagi internat maktab direktori (1924-1935);
  • Moskvadagi oʻquvped. nashriyotida qoraqalpoq tilida darsliklar tayyorlash boʻyicha muharrir (1937-1941);
  • Qoraqalpogʻiston pedagogika institutida pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri (1942-1973);
  • 1967-yilda ochilgan Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali birinchi direktori hamda pedagogika nazariyasi va tarixi boʻlimi mudiri (1967-1969).

Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonda xalq taʼlimi, maktab va pedagogika tarixiga bagʻishlangan. Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali uning nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Oʻrinboyev Jumek Asqarovich" OʻzME. Oʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil