Jumaniyoz Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jumaniyoz Sharipov (1911.25.10, Xiva) — yozuvchi, tarjimashunos olim. Filol. fanlari doktori (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1971). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Samarqanddagi ped. akademiyani tugatgan (1932). Maorifxalqkomissarligi metodika ilmiy kengashining masʼul rahbari (1932—34), Til va adabiyot instituti aspiranti (1935—37). Oʻquvped. nashriyoti direktori (1937—40; 1949— 52), Oʻzbekiston KP MK madaniyat boʻlimi mudiri (1941—43; 1943—45), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining masʼul kotibi (1945—49). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyotining direktori (1952—59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1959—70), sektor va boʻlim mudiri (1970—78), katta ilmiy xodim (19782002).

Ilk kitobi — "Yolqinli sheʼrlar" (1931). "Adabiyot darsligi" (1933), "Maksim Gorkiy" (1948) dostoni, "Saodat" (1958) qissasi nashr etilgan. "Xorazm" (1kitob, 1960; 2kitob, 1970; 3kitob, 1974; 4kitob, 1976) tetralogiyasida Asfandiyorxon hukmronligi (1910—18) va fuqarolik urushi davrida xorazmliklarning ogir hayoti, oʻlkada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi voqealari aks ettirilgan. "Oʻzbekistonda tarjima tarixidan" monografiyasida oʻzbek adabiyotida eng qad. davrlardan to 20-asrga qadar yaratilgan tarjimalar oʻrganilgan. Sh. tarjima tarixi va nazariyasi, tarjimonlar mahorati yuzasidan koʻplab risola va maqolalar eʼlon qilgan. Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, Mahtumquli, M.Gorkiy, S.Stalskiy, B.Kerboboyev va boshqalarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ac: Badiiy tarjimaning baʼzi masalalari, T., 1957; Oʻzbekistonda tarjima tarixidan, T., 1965; Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar, T., 1972; Xorezm, 1—3 kn., M., 1968-76.