Kontent qismiga oʻtish

Juftak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juftakmiskarlik asbobi. Asosan mis idishlarni kavsharlashda ishlatiladi. Ombirga oʻxshaydi, biroq undan ancha kichik, yupqa va nozik boʻladi. Juftak soatsozlikda ham (soat qismlarini qimtib olib, joy-joyiga qoʻyishda) ishlatiladi. Juftakni ilgari chilangar ustalar yasagan. Hozir juftak oʻrnida asbobsozlik zavodlarida ishlangan qisqich (pinset) va boshqa asboblar qoʻllanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil