Kontent qismiga oʻtish

Journal of Historical Review

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixiy sharh jurnali
Sohasi tarixiy, ilmiy jurnal
Davriyligi 19801986, 19882002
Tili ingliz tili
Nashriyot (mamlakat) Uillis Kartos (Amerika)
ISSN0195-6752

Tarixiy sharh jurnali (inglizcha: Journal of Historical Review) – taqrizsiz psevdoakademik tarixiy-ilmiy jurnal[1]. Jurnalga Uillis Kartos asos solgan[2].

Jurnalda chop etilgan maqolalar mavzusi asosan Germaniyaning Uchinchi reyx, Ikkinchi jahon urushi, Holokost davridagi tarixiga bagʻishlangan. Garchi maqolalarning bir qismi tarixning oldingi davrlariga bagʻishlangan boʻlsa-da, asosiy mavzusi Holokost tarixidir[3].

Jurnal 1980-yil bahorida har chorakda davriy nashr sifatida chiqa boshlagan. 1996-yil aprelidan 1997-yil mayigacha nashr etilmagan. Shundan so‘ng u 2002-yilgacha nashr etilgan[1]. Jurnal nashr etilishi to‘xtatilgandan so‘ng, oldingi nashrlar hali ham institut veb-saytida mavjud bo‘lsa ham, IHR o‘zining Byulletenini faqat onlayn formatda nashr etgan[4].

  1. 1,0 1,1 Кэрролл Р. Т. „Отрицание холокоста“. Энциклопедия заблуждений. 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  2. „Holocaust Deniers Crack-Up“ (en). The Nizkor Project (1994-yil 16-iyun). 1999-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  3. Morris 2006.
  4. „Journal of Historical Review“. Journal of Historical Review. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-aprel.