Josh Meekings

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Josh Meekings
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-sentyabr 1992-yil (1992-09-02) (31 yosh)
Tavallud joyi Bury St Edmunds, Angliya
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brora Rangers (oʻyinchi/murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2011 Ipswich Town
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2017 Inverness Caledonian Thistle 163 (6)
2017—2020 Dundee 41 (0)
2021 Wealdstone 3 (0)
2021 Brora Rangers 25 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-oktyabr uchun)

Josh Meekings (talaffuzi: Josh Mikings) (1992-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi va murabbiy. Josh Meekings markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi va hozirda „Brora Rangers“ futbol klubida oʻyinchi va murabbiy rolini bajaradi. Josh Meekings faoliyati davomida „Ipswich Town“, „Inverness Caledonian Thistle“, „Dundee“ va „Wealdstone“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ipswich Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

Josh Meekings Angliyaning Bury St Edmunds shahrida tugʻilgan va Suffolk shahrida oʻsgan[2]. Yoshligida Josh Meekings „Ipswich Town“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Biroq, Josh Meekings klubning asosiy jamoasida oʻynamay, 2011-yilning yozida klubni tark etgan[3].

Inverness Caledonian Thistle[tahrir | manbasini tahrirlash]

Josh Meekings „Stevenage“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashi kerak edi, ammo kelishuv amalga oshmay qolgan va 2011-yil 4-iyulda Josh Meekings ikki yillik shartnoma asosida „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozi boʻlgan[4].

Josh Meekings klub safidagi ilk oʻyinini 2011-yil 22-oktyabrda „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang) oʻtkazgan[5]. 2012-yilning 24-martida Josh Meekings „Aberdeen“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi ikkinchi qoidabuzarlikdan soʻng faoliyatida birinchi marta qizil kartochka olgan[6].

2012—2013-yilgi mavsum boshida Josh Meekings markaziy himoyada oʻynaydigan klubning doimiy asosiy futbolchisiga aylangan. 2012-yilning 15-dekabrida Josh Meekings „Dundee United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:4) avtogol muallifiga aylangan[7]. Shunga qaramay, bir necha kundan soʻng, Josh Meekings klub bilan yangi ikki yillik shartnomani imzolagan[8]. Josh Meekingsning mavsumdagi ajoyib mavsumi va barqaror formasi unga 2013-yil mart oyidagi SPLda oyning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritishiga yordam bergan[9].

2015—2016-yilgi mavsumda Josh Meekings Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlarda klubning asosiy jamoasi safida maydonga tushgan[10]. Shundan soʻng, Josh Meekings mavsumning boshidagi oʻyinida („Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻyinda) tizzasidan jarohat olib, tez orada safdan chiqqan[11]. Josh Meekings mavsum davomida jarohat bilan kurashishda davom etgan va 2016—2017-yilgi mavsumdan keyin „Inverness“ futbol klubini tark etgan.

Dundee[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Dundee" futbol klubi Josh Meekings 2017-yilning avgust oyida klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan[12]. Mavsumning birinchi yarmida Josh Meekings klub safida turli uchrashuvlarda ishtirok etgandan soʻng, uning ikkinchi yarmida turli xil jarohatlar olgan. Shunga qaramay, Josh Meekings 2018-yilning mart oyida klub bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirgan[13]. Afsuski, jarohatlar Josh Meekingsni bezovta qilishda davom etargan[14].

Josh Meekings 2020-yil iyun oyida shartnomani uzaytirishni rad etganidan soʻng „Dundee“ futbol klubini tark etgan[15].

Wealdstone[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil yanvar oyida Josh Meekings Milliy liga vakili „Wealdstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[16]. Josh Meekings 18-yanvar kuni klub safida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan[17]. Meekingsning „Wealdstone“ klubidagi mavsumi jarohat tufayli samarasiz oʻtgan. Josh Meekings mavsum oxirida atigi 4 ta oʻyindan soʻng klubni tark etgan[18].

Brora Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil iyun oyida Josh Meekings „Brora Rangers“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[19].Josh Meekings 2022-yilning aprel oyida „Brora“ futbol klubi bilan Liga kubogini qoʻlga kiritgan[20][21]. Josh Meekings oʻsha yilning oxirida „Brora“ futbol klubi bilan oʻyinchi va murabbiy sifatida ikkinchi sovrinini (Milliy kubok) qoʻlga kiritgan[22].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 8-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Inverness Caledonian Thistle 2011—2012 Shotlandiya Premer ligasi 19 0 2 0 0 0 21 0
2012—2013 34 0 3 0 4 0 41 0
2013—2014 Shotlandiya Premer ligasi 34 0 4 0 4 0 42 0
2014—2015 37 3 6 1 1 0 44 4
2015—2016 21 2 1 0 2 0 2 0 26 2
2016—2017 18 1 0 0 0 0 18 1
Jami 163 6 16 1 11 0 2 0 192 7
Dundee 2017—2018 Shotlandiya Premer ligasi 22 0 1 0 0 0 23 0
2018—2019 4 0 0 0 5 0 9 0
2019—2020 Shotlandiya chempionati 15 0 1 0 4 0 1 0 21 0
Jami 41 0 2 0 9 0 1 0 53 0
Wealdstone 2020—2021 Milliy liga 3 0 0 0 0 0 1 0 4 0
Brora Rangers 2021—2022 Milliy liga 16 2 2 0 0 0 4 0 22 2
2022—2023 9 1 1 0 0 0 4 0 14 1
Jami 25 3 3 0 0 0 8 0 36 3
Jami 232 9 21 1 20 0 12 0 286 10

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inverness Caledonian Thistle

  • Shotlandiya kubogi: 2014—2015[23]

Individual

  • SPLda oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013-yil mart[24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Josh Meekings Soccerway saytida. Qaralgan sana: 16-yanvar 2021-yil.
  2. „Leaving Town was a 'blessing in disguise'“. Ipswich Star (16-noyabr 2011-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  3. „Town announce three players are to leave Portman Road“. Ipswich Star (5-aprel 2011-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  4. „Double Capture“. Inverness Caledonian Thistle Official Website (4-iyul 2011-yil). Qaraldi: 4-iyul 2011-yil.
  5. „Inverness Caledonian Thistle 1 – 1 Dunfermline Athletic“. BBC Sport (22-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  6. „Aberdeen 0 – 1 Inverness Caledonian Thistle“. BBC Sport (24-mart 2012-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  7. „Dundee United 4 Inverness Caledonian Thistle 4: United and Thistle share eight goals and a point in a cracker at Tannadice.“. Daily Record (15-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2012-yil.
  8. „Graeme Shinnie & Josh Meekings sign new Inverness deals“. BBC Sport (24-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2012-yil.
  9. „Inverness CT player Josh Meekings wins young player award“. BBC Sport. BBC (19-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-aprel 2013-yil.
  10. „Astra Giurgiu 0 – 0 (1 – 0 agg) Inverness CT“. BBC Sport (23-iyul 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  11. „Two players the target for Hughes – if he can raid rainy day fund“. Inverness Courier (7-avgust 2015-yil). 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  12. „Josh signs“. Dundee FC (18-avgust 2017-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  13. „Defender Josh Meekings signs new deal“. BBC (28-mart 2018-yil). Qaraldi: 20-aprel 2020-yil.
  14. Duthie. „Dundee skipper dealt major injury blow - but good news for attackers“. Evening Telegraph (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 20-aprel 2020-yil.
  15. „Josh leaves the club“. Dundee FC (29-iyun 2020-yil). Qaraldi: 29-iyun 2020-yil.
  16. „Meekings signs for Stones“ (15-yanvar 2021-yil).
  17. „Wealdstone vs. Gloucester City - 18 January 2021 - Soccerway“.
  18. „England - J. Meekings - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“.
  19. „Josh Meekings Signs“. brorarangers.football (13-iyun 2021-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
  20. Law. „Brora defeat Buckie to win the GPH Builders Merchants Highland League Cup“ (inglizcha). Press and Journal. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  21. „Buckie Thistle defeated 2-1 by Brora Rangers in Highland League Cup final“ (inglizcha). Northern Scot (9-aprel 2022-yil). Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  22. Clark. „Brora Rangers win North of Scotland Cup after beating Clachnacuddin in Inverness“ (inglizcha). Northern Times (1-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  23. Lamont. „Inverness CT 2–1 Falkirk“. BBC Sport. BBC (30-may 2015-yil). Qaraldi: 4-iyun 2015-yil.
  24. „Inverness CT player Josh Meekings wins young player award“. BBC Sport. BBC (19-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-aprel 2013-yil.„Inverness CT player Josh Meekings wins young player award“. BBC Sport. BBC. 19 April 2013. Retrieved 19 April 2013.