Joseph Gwilt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Portreti, fil suyagidagi akvarel, Joseph Gwilt (1777-1845)

Joseph Gwilt(1784-yil 11-yanvar – 1863-yil 14-sentyabr) – ingliz meʼmori va yozuvchisi.

U Surrey okrugi meʼmori boʻlgan. Jorj Gviltning oʻgʻli boʻlib, Southwarkda tugʻilgan[1]. Kichik George Gwilt uning akasi edi.

U Sankt-Paol maktabida tahsil olgan. 1801-yilda Qirollik akademiyasining talabasi boʻlib, shu yerda oʻsha yilining oʻzida Sankt-Dunstan minorasi va qoʻrgʻonini chizganligi uchun kumush medal bilan mukofatlangan. 1811-yilda Joseph Gwilt "Arches muvozanati toʻgʻrisida risola" nashr etdi va 1815-yilda FSA etib saylandi[1].

1816-yilda Italiyaga qilgan tashrifidan soʻng, u 1818-yilda Notitia architectonica italiana yoki Italiya binolari va arxitektorlarining qisqacha xabarnomalarini nashr etdi. 1825-yilda u Sir William Chambersning Fuqarolik arxitekturasi boʻyicha risolasini nashir etdi va "Vitruviy arxitekturasi „ (1826), “Arxitektura, amaliy va nazariy asoslar toʻgʻrisida risola" (1826) va qimmatli "Arxitektura entsiklopediyasi „(1842)ni tarjima qildi. 1867-yilda Wyatt Papworth tomonidan baʼzi qoʻshimchalar kiritildi[1].

Gwiltning arxitektorlar uchun matematika bilimining ahamiyati haqidagi targʻibotini eʼtirof etib, u 1833-yilda Qirollik Astronomiya Jamiyatining aʼzosi etib saylandi. U filologiya va musiqaga ham qiziqqan. Shuningdek u “Anglo-sakson tilining asoslari" (1829) va metropolitan entsiklopediyasidagi „Musiqa“ asarlarining muallifi edi[1].

Uning arxitektor sifatidagi asosiy ishlari Irlandiyadagi Sligo yaqinidagi Markree qal’asi, Kentdagi Charlton dagi Avliyo Tomas cherkovi (1849–1850)[1] (hozirgi Grinvich Qirollik tumanining bir qismi) va Sent-Tomas minorasi edi(1829)[2].

Gvilt (1813-1830) Leedagi bugungi Avliyo Margaret cherkovining oʻrta asr qiyofasini tiklashga urinib kordi. Va eski cherkovning poydevori yangi binoni qoʻllab-quvvatlashga qodir emasligi aniq boʻlgach, yaqin atrofdagi joydan yangi cherkov qurdi.

Uning portreti Londondagi Milliy portret galereyasining doimiy kolleksiyasining bir qismiga aylangan.

U oʻzining "Arxitektura entsiklopediyasi" asarida bizni tik turgan toshlar arxitekturaning barcha turlaridan oldin boʻlganligi, Druidlar dunyoda madaniyatli odamlarning birinchi irqi boʻlganligi va oʻz vaqtida Irlandiyadan tortib Hindistongacha boʻlgan butun qadimgi dunyoning tili va alifbosi boʻlganligi haqida maʼlumot beradi[3].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arxitektura, tarixiy, nazariy va amaliy entsiklopediya, 1859,OCLC 3620766

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Clapton Common (1829) [4]

St Margaretʼs Church [5]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Chisholm 1911.
  2. London 4 : North, Cherry, Bridget., Pevsner, Nikolaus, 1902-1983., New Haven: Yale University Press, 2002 — 484 bet. ISBN 0-300-09653-4. OCLC 719418475. 
  3. „An Encyclopædia of Architecture: Historical, Theoretical, and Practical : Joseph Gwilt : Free Download, Borrow, and Streaming“ (en). Internet Archive. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  4. London 4 : North, Cherry, Bridget., Pevsner, Nikolaus, 1902-1983., New Haven: Yale University Press, 2002 — 484 bet. ISBN 0-300-09653-4. OCLC 719418475. 
  5. History of the Parish Church of St Margaret of Antioch, section 6: History „6 History - the Parish Church of ST MARGARET of ANTIOCH, Lee“. 2011-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-noyabr.