José Venancio López Hierro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
José Venancio López Hierro
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Venancio López Hierro
Tavallud sanasi 27-iyun 1964-yil (1964-06-27) (59 yosh)
Tavallud joyi Bilbao, Ispaniya
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979–89 Leioa
Boshqargan klublari
1988–1992 Leioa
1993–1994 Bilbao
1994–1997 Castro
1996–1998 Ispaniya
1998–2002 Caja Segovia
2003 Guatemala
2004–2007 Lobelle
2007–2023 Ispaniya
2023–yildan Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

José Venancio López Hierro (talaffuzi: Xose Venansio López Yerro, 1964-yil 27-iyun, Bilbao) – ispaniyalik sobiq futzalchi va Ispaniya futzal terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi. 2023-yil 20-sentyabrdan Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lopes deyarli butun futbolchilik faoliyatini vatani Bilbaoning Lehona klubida oʻtkazdi. 80-yillar oxirida u jamoaning futbolchi-murabbiyi boʻlgan va futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng butunlay murabbiylikka oʻtgan. Lejonadan keyin u Bilbao va Kastroga ustozlik qilgan, keyin esa bir muddat Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.

2007-yilda Lopes Ispaniya terma jamoasini Xaver Lozano oʻrniga boshqargan edi. Tayinlanganidan ikki oy oʻtgach, u 2007-yilgi Yevropa chempionatida jamoani chempionlikka olib keldi. 2008-yilgi jahon chempionatida u boshqargan ispanlar kumush, 2010-yilgi Yevropa chempionatida esa yana chempion boʻlishdi. 2023-yil 20-sentyabrdan Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi[2]

Murabbiylik yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2008-yilda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati kumush medali sovrindori
  • Futzal boʻyicha UEFA chempioni (2): 2007, 2010
  • 2000-yilda futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Evropa chempionati chempioni
  • Futzal boʻyicha qitʼalararo kubok chempioni: 2000
  • División de Honor de Futsal LNFS chempioni: 1998/99
  • Ispaniya kubogi chempioni (3): 1999, 2000, 2006
  • Futzal boʻyicha Ispaniya Superkubogi (3): 1999, 2000, 2001
  • Kubok egalari kubogi sohibi: 2007

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]