Kontent qismiga oʻtish

Jordon Ibe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jordan Ashley Femi Ibe (/ˈaɪb/ EYEB deb ham ataladi. 1995-yil 8-dekabrda tugʻilgan) Angliya Milliy ligasidagi Ebbsfleet United klubida toʻp surgan angliyalik professional qanot futbolchi boʻlgan. Ibe 15 yoshda Futbol ligasidagi Wycombe Wanderers yoshlar koʻrik tanlovidan oʻtganidan soʻng, Ibe 2012-yilda Liverpul futbol klubiga kelib qoʻshilgan. U 2013-yil shuningdek, 2014-yillarda Chempionatdagi Birmingham Sitida, 2014 va 2015-yillarda esa Derby County klublarida ijara asosida toʻp surgan. 2016-yilda Ibe Premer-ligadagi AFC Bournemouthda oʻsha paytdagi klub rekordi boʻlgan 15 million funt evaziga shartnoma tuzgan va 2020-yilda klubni tark etgan.  U 2020 – 2021-yilgi mavsumlarni Derby County klubida oʻtkazgan, lekin kam oʻyin oʻtkaqzgani sababli, 2022 yil yanvar oyida Adanaspor klubida toʻp sura boshlagan. 2023-yil oktyabr oyida, yaʼni oradan bir yil oʻtgach, Ibe Milliy ligadagi klub Ebbsfleet United safiga qoʻshildi. 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Angliya yoshlari bilan Jahon Chempionatda ishtirok etgan. 2011-yil 20-dekabr kuni Premier liga klubi Liverpul 16 yoshli Ibe bilan shartnoma imzoladi[1]. Ibe birinchi marta klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp sura boshladi[2]. Ibe 2013-yil 16-mart kuni toʻliq oʻyin amaliyot vadasi bilan Sautempton klubiga chaqirilgan, ammo yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan[3]. Ikki oydan soʻng Ibe Premier Leaguedgi soʻnggi oʻyinida oʻz debyutini qildi. Shunda Ibe Queens Park Rangers ga qarshi oʻyinda Filipp Koutinhoga oʻyinning yagona golini urish uchun vaziyat yaratib berdi. U 63-daqiqada jamoadoshi Fabio Borini bilan almashtirildi[4][5].

Ibe 2013-yilda

2013-14 yilgi mavsum uchun, Ibe Jonjo Shelvey tomonidan boʻshatilgan 33 raqamida harakat qildi[6]. Ibe mavsumning birinchi turini 27 avgust kuni oʻynagan boʻlib, Notts County klubini 4-2 bilan magʻlub qilgan[7]. 2014-yil 8-fevral kuni Ibe Premier Leaguedagi ikkinchi oʻyinini oʻynagan. U 76 daqiqa maydonda harakat qilib, uning jamoasi Arsenal klubi ustidan 5-1 gʻalaba qozongan[8][9]. 2014-yilning 21-fevralida Ibe Chempionship klub Birmingham Sitiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. Ibe 11 ta oʻyinda maydonga tushib, „Millwalll“ stadionida 3:2 hisobidagi gʻalabada 20 yard (18 m) masofadan birinchi golni urgan va mavsumning soʻnggi kunida Pol Kaddisning golida ishtirok etgan, shu sababli uning jamoasi 2:2 hisobidagi durrangga erishdi. 2012-yil 24-oktabrda Ibe 18 yoshdan kichik yoshdagilar milliy jamoasida debyut oʻyinini oʻttkazdi. Italiyaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ibe 69 daqiqa oʻynadi[10]. 2013-yil 5-sentabr kuni Ibe Estoniyaga qarshi 6-1 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda Angliyalik 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasidaga eng yaxshi futbolchi deb topildi[11]. Ibening jamoasi 2014-yilgi Yevropa Chempionatida Montenegro 19 yoshlilariga qarshi 6-0 gʻalaba qozonib, Ibe uchta gol urib hat-trickka erishdi[12]. 2014-15 mavsumida Ibe birinchi marta 20 yoshdan kichikroq boʻlgan Angliya jamoasiga oʻynagan va Ruminiya qarshi 6-0 gʻalaba qozongan oʻyinda 90 daqiqa maydonda toʻp surgan[13].

2015-yil avgust oyida Ibe birinchi marta 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoaga chaqirildi[14]. Liverpulning sobiq murabbiyi Brendan Rodgers Ibeni „aqlli futbol uslubiga ega boʻlgan yorqin futbolchi“ deb taʼriflagan. Ibe qanotda, himoyada yoki hujumda oʻynaydigan futbolchi sifatida maydonda toʻp sura olgan[15]. Derby Countyda ijarada oʻynab yurgan davrlarda, Ibeni boshqargan Steve McClaren „oʻzini top qanot futbolchi sifatida tutadigan yorqin futbolchi“ ekanligini tan olgan[16]. Ibe maydonda hayratomus ishlarga qodir ekanligi shu bilan birga, oʻzining aqlbovar qilmas driblinglari bilan ajralib turgan[17]. 2019-yil dekabr oyida Ibe Bromley kafexonasidan Bentley Bentayga mashinasi bilan joʻnab ketgandan keyin, bir insonni urib yuborishiga sal qolganlikda shuningdek, mashinani ehtiyotsizlik bilan haydashda ayblangan[18]. 2021-yil yanvar oyida Ibe depressiyadan aziyat chekayotganini va oʻzini „qorongʻu joyda“ his qilayotganlini ommaga eʼlon qilgan[19].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O'Rourke, Peter. „Liverpool land Ibe deal“. Sky Sports (2011-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  2. „First team: Player: Jordon Ibe“. Liverpool F.C.. 2016-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  3. „Liverpool FC teenager Jordon Ibe forced to pinch himself after meteoric rise“. Liverpool Echo (2013-yil 11-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  4. Hunter, Andy. „Liverpool give Jamie Carragher perfect ending with win over QPR“. The Guardian (2013-yil 19-mart). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  5. „Games played by Jordon Ibe in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  6. „LFC confirms Premier League squad numbers“. Liverpool F.C. (2013-yil 16-avgust). 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  7. „Liverpool 4–2 Notts County“. BBC Sport (2013-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  8. McNulty, Phil. „Liverpool 5–1 Arsenal“. BBC Sport (2014-yil 8-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  9. „Player profile: Jordon Ibe“. LFCHistory.net. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  10. Veevers. „Lions victorious in Mansfield“. The Football Association (2012-yil 24-oktyabr). 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  11. „Six appeal for U19s“. The Football Association. 2013-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  12. „Under-19 2014 England 6–0 Montenegro“. UEFA (2014-yil 24-may). 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  13. „Boothroyd's boys hit Romania for six in Telford“. The Football Association (2014-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  14. Ganly, Kerry. „Derby County: Ex Rams loan star Jordon Ibe called up to England U21s after impressing at Liverpool“. Derby Evening Telegraph (2015-yil 25-avgust). 2015-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
  15. Pearce, James. „Emre Can will remain in defence despite Lucas being out for up to six weeks, says Rodgers“. Liverpool Echo (2015-yil 9-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  16. Rich, Tim. „Jordon Ibe profile: Why electric Ibe is taking to the Liverpool limelight with ease“. The Independent (2015-yil 11-fevral). 2022-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  17. Hunter, Andy. „Liverpool's Jordon Ibe has pace, power and 'football brain' to succeed“. The Guardian (2016-yil 12-fevral). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  18. „Premier League footballer Jordon Ibe accused over Bentley crash“. BBC News (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
  19. „Jordon Ibe: Derby winger in 'dark place' with depression“. BBC Sport (2021-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.