Kontent qismiga oʻtish

Jordan Beyer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jordan Beyer
Beyer 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Louis Jordan Beyer[1]
Tavallud sanasi 19-may 2000-yil (2000-05-19) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Kempen, Germaniya
Boʻyi 1.87 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Burnley
(Borussia Mönchengladbach jamoasidan ijara)
Raqami 36
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2012 DJK-SV Thomasstadt Kempen
2012—2015 Fortuna Düsseldorf
2015—2018 Borussia Mönchengladbach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2021 Borussia Mönchengladbach II 13 (0)
2018- Borussia Mönchengladbach 33 (0)
2020Hamburger SV (ijara) 11 (0)
2022-Burnley (ijara) 9 (0)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Germaniya U16 4 (0)
2016 Germaniya U17 3 (0)
2017—2018 Germaniya U18 5 (0)
2018 Germaniya U19 4 (0)
2019 Germaniya U20 1 (0)
2019- Germaniya U21 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-noyabr uchun)

Louis Jordan Beyer (talaffuzi: Luis Bayer; 2000-yil 19-mayda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Mönchengladbachning Borussia klubidan ijaraga olingan holda Angliya chempionatining „Burnley“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi[4]. 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Germaniyani himoya qilgan.

Borussia Mönchengladbach

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar darajasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beyer faoliyatini tugʻilib oʻsgan DJK-SV Tomasshtadt Kempen klubida boshlagan. 13 yoshgacha boʻlganlar jamoasi futbolchisi sifatida 2012-yilda Fortuna Düsseldorfning yoshlar akademiyasiga oʻtdi[5]. 2015—2016-yilgi mavsumda Borussia Mönchengladbach klubining 16 yoshgacha boʻlgan jamoasiga qoʻshildi. 2016—2017-yilgi mavsumda klubning 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga, 2017—2018-yilgi mavsumda esa 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasiga oʻtdi[5].

Ilk professional jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018—2019-yilgi mavsumda Beyer bosh murabbiy Dieter Hecking qoʻl ostida asosiy jamoaga koʻtarildi. Jamoada DFB-Pokalning birinchi bosqichida debyut qildi. 2018-yil sentyabrida ilk professional shartnomasini imzoladi[6]. Butun mavsum davomida Beyer Bundesligada toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi, shundan 8 ta oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan.

2019—2020-yilgi mavsumning birinchi yarmida yangi bosh murabbiy Marko Rose qoʻl ostida Beyer Bundesligada uchta oʻyin oʻtkazdi. Mintaqaviy liganing ikkinchi jamoasida esa toʻrt marta maydonga tushdi.

Hamburger SVga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 14-yanvarda Beyer Hamburger SVga ijara asosida qoʻshildi[7]. Mavsum mart oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilishigacha Beyer asosiy tarkibda yettita oʻyinda maydonga tushgan edi. May oyi oʻrtalarida mavsum davom etar ekan, Beyer uzoq muddatli jarohati oldi va uning oʻrnini Josha Vagnoman egalladi[8][9]. Shundan soʻng Beyer HSV safida kam oʻynadi. Hammasi boʻlib, HSV jamoasi safida 11 marta oʻynadi. Ijara shartnomasi tugagach, Beyer mavsumdan keyin Mönchengladbachga qaytdi[10].

„Burnley“ga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beyer 2022-yil 1-sentyabrda EFL chempionatining „Burnley“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi[11].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 25-sentyabrda Beyer COVID-19 uchun ijobiy sinovdan oʻtdi[12].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
5-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Liga kubogi Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borussia Mönchengladbach 2017—2018 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
2018—2019[2] Bundesliga 9 0 1 0 10 0
2019—2020[2] Bundesliga 3 0 1 0 0 0 4 0
2020—2021[2] Bundesliga 4 0 0 0 0 0 4 0
2021—2022[2] Bundesliga 17 0 1 0 18 0
2022—2023[2] Bundesliga 0 0 0 0 0 0
Jami 33 0 3 0 0 0 36 0
Hamburger SV (ijara) 2019—2020[2] 2. Bundesliga 11 0 11 0
Burnley (ijara) 2022—2023 Championship 9 0 0 0 0 0 9 0
Jami 53 0 3 0 0 0 0 0 56 0
Eslatmalar
  1. Includes DFB-Pokal

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Terma jamoasi Ishtirok Golllar
2015-2016 Germaniya U16 4 0
2016 Germaniya U17 3 0
2017-2018 Germaniya U18 5 0
2018 Germaniya U19 4 0
2019 Germaniya U20 1 0
2019 Germaniya U21 4 0
  1. „EFL Squad List 2022/23: Burnley – In Squad Players“. English Football League (7-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Jordan Beyer Soccerway saytida. Qaralgan sana: 4-sentabr 2022-yil.
  3. „Jordan Beyer“. Borussia Mönchengladbach. 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  4. „Louis Beyer“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 25-avgust 2018-yil.
  5. 5,0 5,1 Klingen, Tobias. „Kempener Louis Beyer lebt bei Gladbach den Profi-Traum“ (olmoncha). Westdeutsche Zeitung (23-fevral 2018-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil. „Begonnen hat die noch junge Karriere von Beyer auf dem Rasenplatz an der Ludwig-Jahn-Straße und auf der harten Asche an der Berliner Allee in Kempen. Beim SV Thomasstadt machte der kleine Louis die ersten Fußballversuche. Offensichtlich sehr erfolgreich. Schon als D-Jugendlicher wechselte er zu Fortuna Düsseldorf. Im Leistungszentrum der Fortuna entwickelte er sich in den U 13-, U 14- und U 15-Bereichen so gut, dass die Gladbacher aufmerksam wurden. Seit 2016 schnürt Beyer die Fußballstiefel auf dem Nordpark-Gelände.“.
  6. „Borussia Mönchengladbach gibt Louis Jordan Beyer Profivertrag“ (olmoncha). Aachener Zeitung (14-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil. „Der 18 Jahre alte Louis Jordan Beyer hat beim Fußball-Bundesligisten Borussia Mönchengladbach einen Profivertrag bekommen. Nach Vereinsangaben vom Freitag läuft die Vereinbarung mit dem Verteidiger bis 30. Juni 2022.“.
  7. Hamburger SV (14-yanvar 2020-yil). „Jordan Beyer joins Hamburger SV on loan“. Press-reliz. Qaraldi: 14-yanvar 2020-yil.
  8. „Taktische Aufstellung - SpVgg Greuther Fürth - Hamburger SV 2:2“. kicker. Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  9. „Kein Sieger beim Gipfeltreffen: 0:0 zwischen HSV und Bielefeld“ (olmoncha). kicker (24-may 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil. „Hamburgs Trainer Dieter Hecking veränderte seine Startelf nach dem 2:2 gegen Fürth auf drei Positionen: Harnik, Kittel und van Drongelen spielten für Beyer, Jairo und Jatta (alle Bank).“.
  10. „HSV bids farewell to five loanees“ (olmoncha). Hamburger SV (1-iyul 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil. „Last but not least, defensive all-rounder Jordan Beyer will also head back to the Rhineland and Borussia“.
  11. „BEYER JOINS ON LOAN“. Burnley Football Club (1-sentabr 2022-yil). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  12. Borussia Mönchengladbach (25-sentabr 2020-yil). „Jordan Beyer tests positive for Coronavirus“. Press-reliz. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.