Kontent qismiga oʻtish

Jon Landau (prodyuser)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jon Landau

Jon Landau (2022-yil)
Tavalludi 23-iyul 1960-yil (1960-07-23) (64 yosh)[1]
Vafoti 5-iyul 2024-yil(2024-07-05)
(63 yoshda)
Los-Anjeles, Kaliforniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Janubiy Kaliforniya universiteti
Kasbi prodyuser
Faoliyat yillari 1987—2024
Turmush oʻrtogʻi Julie
Bolalari 2
Otasi Ely Landau
Onasi Edie Landau

Jon Landau (talaffuzi: lændaʊ; 23-iyul 1960-yil — 5-iyul 2024-yil)[1]amerikalik prodyuser. Titanik filmini suratga olgan Jon 1997-yilda Eng yaxshi film uchun Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan. Ushbu film 2,19 milliard dollar foyda keltirgan. 2009-yilda ishlangan Avatar filmi 2,9 milliard dollar foyda keltirgan boʻlsa, uning davomi boʻlgan va 2022-yilda ekranlarga chiqqan Avatar: The Way of Water filmi esa 2,3 milliard dollar sof foyda keltirgan. 2024-yil holatiga koʻra, ushbu filmlar dunyoning eng yuqori daromad keltirgan toʻrtta filmidan uchtasi hisoblanadi.

Otasi Edie Landau va onasi Ely Landau ham prodyuser boʻlishgan. Otasi film studiyasining rahbari boʻlgan. Uning aka-ukalari Neil Landau va Les Landau, singillari esa Tina Landau va Kathy Landau[2]. Jon USC School of Cinematic Arts — kino sanʼati maktabida oʻqigan[3]. U yahudiy boʻlgan[4][2].

1990-yillarning boshlarida Landau 20th Century Studiosda badiiy filmlar ishlash boʻyicha ijrochi direktor lavozimida ishlagan[5].

U prodyuserlik qilgan filmlar orasida eng mashhuri bu Titanik filmi boʻlib, Oscarni olgan. Barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylangan boʻlib, yalpi daromadi 1 milliard dollardan oshgan ilk filmdir. Uning daromadi 1,84 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlib, oʻsha paytda eng koʻp foyda keltirgan va 1993-yilda ishlangan Jurassic Park filmidan koʻrilgan 914 million dollar daromaddan ikki baravar koʻp. 2012-yilga kelib „Titanik“ 300 million dollar foyda keltirdi va uning daromadi umumiy hisobda 2,18 milliard dollarga yetdi. Natijada dunyo boʻyicha 2 milliard dollar yigʻgan ikkinchi filmga aylandi[6].

Jon Landau (2019-yil)


2009-yilda Landau va James Cameron birgalikda ilmiy-fantastik blokbaster Avatar filmini suratga olishdi[7]. Bu film keltirgan daromad ularning oldingi hamkorligi „Titanik“dan ham oshib, 2,92 milliard dollar foyda bilan shu kungacha eng yuqori daromad keltirgan film rekordini yangiladi. „Avatar“ Landauga ikkinchi bor yana shu nominatsiya boʻyicha Eng yaxshi film uchun Oscar mukofotini taqdim qildi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qariyb 40 yil Landau turmush oʻrtogʻi Julia bilan hayot kechirgan[8]. Ularning Jamie va Jodie ismli ikki oʻgʻli bor[8][9][10].

Landau 2024-yil 5-iyulda 63 yoshida vafot etdi[11][12]. Variety jurnalining xabar berishicha u saraton kasalligidan vafot etgan[13]. Landauning tiriklik vaqtida suratga olgan „Avatar 3“, „Avatar 4“ va „Avatar 5“ filmlari vafotidan keyin katta ekranlarga chiqadi.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prodyuser

Hamkorlikda ishlagan filmlari

  1. 1,0 1,1 „Jon Landau“. Rotten Tomatoes. 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  2. 2,0 2,1 Pat Sierchio. „Producer Landau: Interpreter of Dreams“. JewishJournal.com (2010-yil 1-mart). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  3. Appelo, Tim. „Top 50 Film Schools of 2017 Ranked, From USC to Full Sail“. TheWrap (2017-yil 20-sentyabr). 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  4. Postal, Bernard; Silver, Jesse; Silver, Roy (1965). "Harry Rudolph". Encyclopedia of Jews in Sports (New York: Bloch Publishing Co). 
  5. „Jon Landau has been named senior vice...“. Los Angeles Times (1990-yil 14-fevral). 2024-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Titanic becomes second ever film to take $2 billion“. The Telegraph (2012-yil 16-aprel). 2012-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „James Cameron & Jon Landau Land In New Zealand Ahead Of 'Avatar' Production Restart“ (en). Deadline (2020-yil 1-iyun). 2020-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  8. 8,0 8,1 McCartney, Anthony. „Jon Landau, Oscar-winning 'Titanic' and 'Avatar' producer, dies at 63“. Associated Press (2024-yil 6-iyul). 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.
  9. Richards, Bailey. „Producer Jon Landau, Known for Titanic and the Avatar Films, Dies at 63: Reports“. People (2024-yil 6-iyul). 2024-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.
  10. Barnes, Mike. „Producer Jon Landau, James Cameron's Right-Hand Man on 'Titanic' and the 'Avatar' Films, Dies at 63“. Hollywood Reporter (2024-yil 6-iyul). 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.
  11. Kaloi, Stephanie „Jon Landau, 'Titanic' and 'Avatar' Producer, Dies at 63“. TheWrap (2024-yil 6-iyul). 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.
  12. „«Титаник» ва «Аватар» филмлари продюсери вафот этди“. xabar.uz. Qaraldi: 8-iyul 2024-yil.
  13. Shanfield, Ethan. „Jon Landau, Oscar-Winning 'Titanic' and 'Avatar' Producer, Dies at 63“. Variety (2024-yil 6-iyul). 2024-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.