Joliet qamoqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joliet qamoqxonasi (dastlab Illinoys shtati qamoqxonasi nomi bilan tanilgan, xalq tilida Joliet qamoqxonasi, Eski Joliet qamoqxonasi va Kollinz-strit qamoqxonasi nomlar ham bor) 1858-yildan 2002-yilgacha Joliet, Illinoys, Qoʻshma Shtatlardagi qamoqxona boʻlgan. The Blue Brothers filmidagi Jake Bluen ozod qilingan qamoqxona sifatida Joliet Jake taxallusi mavjud. Bundan tashqari, u James Cagneyining „White Heat“ filmidagi Illinoys „shtat qamoqxonasi“ning va Fox Networkning Prison Break serialining birinchi mavsumi va „Letʼs Go to Prison“ filmlari uchun bu qamoqxonadan foydalanishgan. 2018-yildan u yerga sayohatlar ochildi[1].

Joliet qamoqxonasi shimolga qaragan janubiy devori

1858-yilda Crest Hill yaqinidagi Stateville qamoqxonasidan butunlay alohida qamoqxona boʻlgan Joliet qamoqxonasi ochilgan. Qamoqxona davlat tomonidan pudratchi Lorenzo P. Sanger va nazoratchi Samuel K. Keysiga ijaraga olingan mahkumlar mehnati bilan qurilgan. Bu yerda qamoqxona qurishda foydalanilgan ohaktosh qazib olingan[2]. Birinchi 33 mahbus 1858-yil may oyida Altondan qurilishni boshlash uchun kelgan; Oxirgi mahbuslar 1860-yil iyul oyida koʻchirilgan. Fuqarolar urushi paytida jinoyatchilar ham, harbiy asirlar ham birga u yerda qamalgan. 1865-yilda u yerda oʻldirilgan birinchi zobit Jozeph Clark edi. 1872-yilga kelib mahbuslar soni 1239 kishiga yetdi, bu bitta qamoqxona uchun rekord koʻrsatkich edi. 1870-yillardan boshlab qamoqxona mahalliy korxonalar bilan mehnat shartnomalariga ega boʻla boshladi.

Jazoni ijro etish muassasasining dastlabki chizmalarida erkaklar jazoni o'tash muassasasining ichida joylashgan yuzta kamerali „Ayollar qamoqxonasi“ bor edi. Ayol mahbuslar 1859-yildan 1870-yilgacha, ular markaziy maʼmuriyat binosining toʻrtinchi qavatiga koʻchirilgunga qadar, erkaklar kameralariga qoʻshni boʻlgan. 1896-yilda erkaklar qamoqxonasining qarshisida alohida, yuztalik „Joliet ayollar qamoqxonasi“ qurilgan. Dizaynda bu erkaklar qamoqxonasining aniq mini-replikasi edi. 1933-yilda barcha ayol mahbuslar Oakdale ayollar qamoqxonasi (keyinchalik Dwight qamoqxonasi deb nomlanadi) koʻchirildi va bundan keyin bu qamoqxona erkak mahbuslar uchun ishlatilgan[3]. Ayollar qamoqxonasi erkak mahbuslarni joylashtirish uchun ikkinchi darajali muassasaga aylantirildi va bu keyinchalik Joliet qamoqxonasiga aylandi[4].

Qamoqxona qurilishi sekin edi. 1910-yilda kameralarda suv yoki hojatxona yoʻq edi. Yaqin atrofdagi Stateville qamoqxonasining qurilishi 1917-yilda boshlangan va 1925-yil mart oyida ochilgan Jolietning tezda yopilishiga olib kelishi kerak edi. Bu sodir boʻlmadi va ikkala qamoqxona ham 20-asrning qolgan qismida bir vaqtning oʻzida ishladi.

1924-yilda Nathan Lepold va Richard Loebga Jolietda umrbod qamoq jazosi berildi (ular Clarence Darrow tomonidan ustalik bilan oʻlim jazosidan qutilib qolishdi). Ularning jinoyati Robert Franksni oʻgʻirlab ketish va oʻldirishdan keyin „asr jinoyati“ sifatida tanilgan edi. Bu ikki mahbus oliy maʼlumot olmoqchi boʻlgan mahbuslarga yordam berish uchun oʻrta maktab oʻquv dasturini qoʻshib, qamoqxonada umrining qolgan qismida taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqishni davom ettirdi[4].

1933-yilda Lester Jozeph Gillis (taxallusi Baby Face Nelson) Joliet qamoqxonasidan ozod qilindi va 1957-yildagai „Baby Face Nelson“ filmida qamoqxonaning old qismi ham koʻrsatilgan, qamoqxona koʻrsatilgan bu sahnada Gillis (Mickey Rooney oʻynagan) qoʻlida bitta chamadon bilan chiqib ketayotganini koʻrishimiz mumkin. Qamoqxona nomini uning chiqib ketayotganida koʻrish mumkin.

1960-yillarning boshidan boshlab qamoqxona shimoliy Illinoys uchun vaqtinchalik xibsxona vazifasini ham bajardi, yangi mahbuslarni sud qarori tayinlashdan bir oy oldin shu yerda ushlab turilgan va yiliga 20 000 dan ortiq mahbuslarni bu yerda boʻlishgan. Bundan tashqari Joliet doimiy mahbuslarning koʻp sonini saqlab qoldi.

1960-yillarning oxirida Willbrook shtat maktabida bir qator siyosatchilar ishtiorokida gepatit boʻyicha tajribalar haqida kengashi boʻldi. Ular qamoqxonadagi mahbuslarni AQSh armiyasi tajribalarni davom ettirish uchun Jolietdan „koʻngillilarni“ yolladi. Aslida, „koʻngillilar“ gepatit A ni keltirib chiqaradigan virusni ommaviy ishlab chiqarish va izolyatsiya qilish maqsadida virus bilan toʻldirilgan shokoladli sutli kokteyllar ichishga va oʻziga gepatit A ni yuqtirib olishga rozi boʻlgan Vyetnamlik vijdonli harbiy xizmatchilar edi[5]. Amerika Gepatit A tajribalariga katta pul ajratdi, chunki bu qamoqxonalar va harbiy lagerlarda keng tarqalgan antisanitariya kasalligi boʻlgan klassik kasallik edi[6].

1975-yilda Almighty Black P. Stone Nation aʼzolari va boshqa Chikagodagi koʻcha toʻdalari sobiq aʼzolar qamoqxonani egallab olishdi va bir nechta nazoratchi zobitlarni garovga oldilar. Oʻsha paytdagi nazoratchi Fred L. Finkbeiner mahbuslar bilan ratsiya orqali gaplashgan va ularga zarar yetkazmaslikka vaʼda bergan. Ularning asosiy shikoyati ular Jolietdagi zobitlarning mahbuslar ustidan haddan tashqari nazoratga ega boʻlgani, shuning uchun zobitlarni boshqa qamoqxonalarga oʻtkazishdi. Mafia guruhining sobiq aʼzolaridan biri Herbert „Cadillac“ Catlett qamoqxonada isyonchilar bilan kengash oʻtkazgan va ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun maʼmuriyat bilan hamkorlik qilgan. U toʻpolonchi mahbuslar bilan muzokara qilmoqchi boʻlgan va oʻldirilgan. Qoʻriqchi Finkbeiner mahbuslar bilan gaplashayotganda Catlettning jasadi unining yonida boʻladi va garovga olish masalasi hal qilindi. Keyinchalik Chikago Heightsdagi afro-amerikalik cherkovda nazoratchi Catlettning dafn marosimi oʻtkaziladi.

Mahbuslar soni 1990-yilda 1300 nafarga yetgan va 2000-yilda hamon 1156 nafarni tashkil etgan boʻlsa-da, avvalgi 1180 kishidan 1999–2000-yillarda 1300 nafarga koʻtarilgan edi. 2000-yilda esa 541 nafar xodim bor edi.

Qamoqxonaning yopilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joliet qamoqxonasi 2002-yilda qamoqxona sifatida yopilgan. Bunga sabab qilib esa byudjetning qisqarishi va binolarning eskirgan va xavfliligi koʻrsatilgan edi. Barcha mahbuslar va koʻpchilik xodimlar Stateville tuzatish markaziga oʻtkazildi.

2018-yildan boshlab Joliet hududi tarixiy muzey sifatida sayohatchilari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun jazoni oʻtash muassasasiga ekskursiyalarni oʻtkazmoqda. Muzey maʼmuriyati quyidagi xizmatlarni taqdim qiladi: tarix, fotografiya va gid bilan doʻstona va shaxsiy sayohatlar[7].

2017-yil 30-may kuni Joliet qamoqxonasidagi binolardan biri (matras fabrikasi) yongʻin oqibatida jiddiy zarar koʻrgan, keyinchalik uning sababi qasddan oʻt qoʻyish ekanligi aniqlangan. Bu ob’ektdagi yongʻin natijasida jiddiy shikastlangan yoki vayron boʻlgan uchinchi bino hisoblanadi[8][9].

Qamoqxonaning filmlardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joliet haqida Edgar Lee Mastersning Spoon River Anthology kitobining „Silas dement“ sheʼrida shunday deyilgan:

When I came back from Joliet

There was a new court house with a dome.

For I was punished like all who destroy

The past for the sake of the future.

In the Commitment Arc of The Adventure Zonedagi qahramonlardan biri Joiletga borishni taklif qiladi.

Dean Jobbning „The Case of the Murderous Dr. Cream“ning 31-bobida kitob mahbus Thomas Neill Cream haqida yozilganligiga ishora berilib ketilgan va yozuvchining oʻzi buni tan olgan.

Memphis Minnie 1932-yilda Kanzaslik Jou Makkoy bilan birgalikda „Joliet Bound“ qoʻshigʻini yozgan, bu qoʻshiq katta ehtimol bilan Noah Leening „Viola Lee Blues“ qoʻshigʻi kabi Rory Block „When a Woman Gets the Blues“dan ilhomlanib yaratilgan.

Bob Dylanning „Persining qoʻshigʻi“ qoʻshiqchining Joliet qamoqxonasidagi doʻstining toʻqson toʻqqiz yillik qamoq jazosini yengillashtirishga urinishi haqida hikoya qiladi. Dylanning „The Times They Are a-Changin“ albomini ishlab chiqqan Fairport Convention va Arlo Guthrielar tomonidan yaratilgan.

Henningsenlarning „Gun“ qoʻshigʻi Joliet qamoqxonasi mahbuslarida mashhur shiorlardan biri boʻlgan – „Men Jolietdagi kameramda tanho kuylayman“ shiordan ilhomlanib yaratilgan.

Folklor Steve Goodman Chikagodagi avtomashinalarni tortib olish kompaniyasiga qarshi „Lincoln Park Pirates“ qoʻshigʻini yaratgan boʻlib. Qoʻshiq „Our drivers are friendly and courteous, Their good manners you always will get, 'Cause they all are recent graduates, Of the charm school in Joliet“ soʻzlarini oʻz ichiga oladi.

Joliet qamoqxonasi 1980-yilda John Landisning „Blues brothers“ filmida qahramon Jake Bluesning (Jon Belushi) qamoqqa olingan joyi sifatida tasvirlangan[10].

  • 1949-yil – „White Heat“ filmida tashqi yuzasi filmda chiqqan.
  • 1966-yil – „Get Smart“ serialining 2-mavsum 14-qismida maxfiy agent Maxwell Smart(Don Adams) missiyaning bir qismi sifatida qamoqxonaga mahbus sifatida kiradi va u yerdagi mahbuslar bilan aloqa oʻrnatadi.
  • 1973-yil – „Charley Varrick“ filmida, Tom (Tomning qurol doʻkonida epizodidan) Al Dutcherni qayerdan topishini soʻraganida, Charley (Walter Matthau) shunday javob beradi: „Jolyetadan. U ikkita qotillik uchun 10 yillik qamoqqa hukm qilingan.“
  • 1980-yil – „The Brothers Blue“ filmida , 1980-yil filmining boshida: Elwood Blues (Dan Aykroyd) Joliet qamoqxonasidan ozod boʻlgan Jeyk Bluesni (Jon Belushi) olib ketayotganini koʻrish mumkin.
  • 2005-2006 yillar – Fox Network oʻzining „Prison Break“ serialining birinchi mavsumini eski muassasada suratga oldi. Ushbu qamoqxona koʻrsatuvda Fox River shtat qamoqxonasi sifatida tanilgan.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh