John Kufuor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kufuor Jon Agyekum (1938.8.12, Kumasi) — Gana davlat arbobi. Oksford universitetining iqtisod, falsafa va siyosat fakultetini tugatgan (1964). Mehnat faoliyatini 1967-yil Kumasi shahri hokimiyatida boshlagan. 1968—69 va 1979-yillarda Konstitutsion Assambleya aʼzosi. 1992-yil Yangi vatanparvarlar partiyasi asoschilaridan. 2 marta parlament aʼzoligiga saylangan. Gana tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, muxolifat rahbari oʻrinbosari, parlamentda tashqi aloqalar boʻyicha palata raisi, mahalliy hukumat kotibi lavozimlarida ishlagan. 2000-yil 28 dekabrda boʻlib oʻtgan saylovda Gana Respublikasi prezidenti etib saylangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil