Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mutakkalim, adib

Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr — (767—868 yillar) mutakkalim, adib bo‘lgan.

Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr Moʻ’taziliylar oqimi nazari­yotchilaridan biri. „Al-johiziyya“ deb nom olgan ilohiyot maktabining asoschisi. Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr yunon tabiat falsafasi gʻoyalari taʼsirida moddaning abadiyligi va xususiyatlarining doimiy oʻzgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon etgan. Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr tirik va noorganik jismlar oʻziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr insonning iroda erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. Aql-idrok beradigan dalillarni islom aqidalariga tatbiq etish tarafdori boʻlgan. Hayvonot olamiga bagʻishlangan 10 jildli „Al-hayavon“ nomli, arab tili notiqligiga oid „Al-bayon va-t-tabyin“, baxil odamlar hayotidan olingan hajviy hikoyalar yozilgan „Al-buxalo“ kabi asarlari hozirgacha yetib kelgan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Islom ensiklopediyasi. – b. 85.