Johannes Gutenberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Johannes Gutenberg

Yogʻoch oʻymakori, ixtirochi va bosmachi
Tavalludi sanasi 1400-yil
Tavallud joyi Maynts, Olmoniya
Vafot joyi Maynts, Olmoniya

Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg (14003 fevral, 1468) — kitob nashrining ixtirochisi.

GUTENBERG (Gutenberg) Iogann (taxminan 1399 - Mayns - 1468.3.2) - nemis ixtirochisi, Yevropada kitob bosish asoschisi. Pul zarb qiladigan joy (zarbxona)da ishlab, metalldan shrift quyishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 1438 yilda Strasburgda bosmaxona tashkil etadi. 15-asrning 40-yillarida bosmaxona jarayonining texnologiyasini ishlab chiqib, harakatlanuvchi literani qoʻllab bosma qoliplarini tayyorlash usulini ixtiro qildi, dastaki harf (soʻz) quyish qurilmasini yaratdi, bosma pressni qurdi. Gart va bosmaxona boʻyoqlarini taqlif qildi. 1447 yildan Maynsda darslik va ommabop nashrlarni (astronomik kalendar va boshqalar) ni chop etgan. 1452—55 yillarda Bibliyaning 300 nusxasini lotin tilida bosib chiqargan.

Gutenberg Injili

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil