Kontent qismiga oʻtish

Joan Aiken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joan Aiken

Aiken at The Hermitage, her home, in 1984
Tavalludi
Joan Delano Aiken

4-sentyabr 1924-yil[1]
Rye, Sussex, England[1]
Vafoti 4-yanvar 2004-yil(2004-01-04)
(79 yoshda)[1]
Petworth, Sussex, England
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[2]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[3]
Janr Alternative history, children's literature, supernatural fiction
Mukofotlari Andoza:Awd
Turmush oʻrtogʻi
  • Ronald George Brown
    (turm. 1945; vaf. 1955)
  • Julius Goldstein
    (turm. 1976; vaf. 2001)
Bolalari 2
Qarindoshlari Conrad Aiken (father)
Jane Aiken Hodge (sister)
Veb-sayti
joanaiken.com

Joan Delano Aiken 1924-yil 4-sentyabr kuni tug'ilgan - ingliz yozuvchisi. Aiken g'oyaviy hikoya va bolalar uchun alternativa tarixiy hikoyalar yozgan. 1999-yilda bolalar adabiyoti uchun MBE mukofotiga sazovor bo'lgan. Guardian bolalar xotira mukofoti, kitob mukofotlariga sazovar bo'lgan va Aiken maktablar uyushmasidan Carnegie medaliga ham sazovar bo'lgan. Keyinchalik Aiken yilning eng yaxshi bolalar kitobi yozuvchi. "Kechki tush" uchun Edgar Allan Poe mukofoti 1972-yilda sazovar bo'lgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aiken 1924-yil 4 sentabr kuni Sussexning Rye shahridagi Mermaid Streetda tug'ilgan. Uning otasi Amerikalik Pulitzer mukofoti sovrindori shoir Konrad Aiken (1889-1973). Uning katta ukasi yozuvchi va tadqiqotchi kimyogar Jon Aiken (1913-1990), singlisi esa yozuvchi Jane Aiken Hodge (1917-2009). Aikening onasi Kanadada tug'ilgan, Jessi Makdonald (1889-1970), Massachusets shtatining Kembridj shahridagi Radkliff kollejidan magistratura diplomini olgan. Jessie va Konradning nikohi 1929-yilda ajrashgan va Jessie bilan 1930-yilda ingliz yozuchisi Martin Armstrongga turmushga chiqgan. Konrad Aiken ikki marta turmushga chiqgan. Joan Aiken akasi Jon va singlisi Jane bilan birgalikda Conrad Aiken Remembered otasining qisqa maqomini yozgan.

Aiken o'n ikki yoshgacha onasi uyda ta'lim olgan. Aiken 1936-yildan 1940-yilgacha Shimoliy Oksford qizlar uchun Wychwood maktabida o'qigan. U universitetga bormagan. Yoshligidan hikoyalar yozgan Aiken o'n olti yoshida birinchi katta romanini yzgan va o'n yettinchi yoshida kattalar uchun birinchi qisqa hikoyasini nashr etgan.  1941-yilda uning birinchi bolalar hikoyasi BBC Bolalar soati orqali efirga uzatilgan.

Aiken 1943-yildan 1949-yilgacha Londonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot markazi (UNIC) da ishlagan. 1945-yil sentabr oyida Aiken Ronald Jorj Braunga, UNICda ishlayotgan jurnalistga uylangan. 1955-yilda juftlikning ikkita farzandi bo'lgan.

Eri Jo'rjning o'limidan so'ng, Aiken Argosy jurnali jamoasiga qo'shilgan, va turli tahririyat lavozimlarida ishlagan. Aiken 1955-yildan 1960-yilgacha qisqacha hikoyalari jurnallarda chop etilgan. Bu vaqt davomida Aiken o'zining birinchi ikkita bolalar hikoyalari to'plamini ham nashr etgan, avval Bonnie Grin nomli bolalar romani ustida ishlashni boshlagan. Aikening hikoyalari asosan bolalarga bag'ishlab yozilgan to'plamlardan iborat bo'lgan. Jane Osten asarlari haqida ko'plab ma'lumotlar ham to'plagan.

Aiken 1976-yilda Nyu-York landshaft rassomi va o'qituvchisi Yulius Goldstein bilan turmush qurgan. Ular o'z vaqtini uning uyi (Sussexning Petwortdagi Ermitage) Nyu-York shahridagi uylarda yashagan. 1999-yil sentyabr oyida Aiken Britaniya imperiyasi ordeni a'zosi etib tayinlanngan. Aiken 2004-yilda 79 yoshida uyida vafot etgan.

Aiken 100 dan ortiq kitoblar ishlab yozgan, shu jumladan o'nlab fantastik hikoyalar, drama va she'rlar to'plamlari va kattalar va bolalar uchun zamonaviy va tarixiy romanlar yozgan. Aiken umri davomida R. Jeyms, Fitz Jeyms O'Brien va Nugent Bekerning ismlarini o'z hikoyalarida ushbu ismlarni ishlatgan. Yana nir nechta qisqa hikoyalarida Nicholas Dee ismidan foydalangan. Uning ba'zi kitoblari spine-chilling yoki g'ayritabiiy hodisalarga qaratilgan, shu jumladan The Windscreen Weepers (1969), The Shadow Guests (novel, 1980), A Whisper in the Night (1982), va A Creepy Company (1993, variant tarkiblari bilan AQSh va Buyuk Britaniya nashrlarida). U o'zining kattalar uchun noyob romanini Ryedagi Lamb Houseda (hozirgi Milliy Trust mulki) joylashtirgan. Ushbu hikoya, uyning ikki sobiq aholisi, Genri Jeyms va E. F. Benson tomonidan sodir bo'lgan gumon qilingan hayajon hikoyasini uydirma qilib yozgan.

Aikenning Arabel va Mortimer haqidagi bolalar kitoblari seriyasini Kventin Bleyk tasvirlagan. Boshqalar Yan Pyeńkowski va Pat Marriott tomonidan tasvirlangan. Pieńkovski bolalar kitobi illyustratsiyasi uchun Britaniyaning eng yirik mukofoti - "Dengiz ostidagi qirollik" va boshqa hikoyalar (Jonatan Keyp, 1971) uchun Grinuey medaliga sazovar bo'lgan. Aiken tomonidan qayta hikoya qilingan "Sharqiy Evropa va Rossiyaning noyob ertaklari" to'plami. U Ian Serraillier va Clive King kabi boshqa mashhur bolalar mualliflari bilan birga ATE Superweeksdan oldingi Colony Holidays tomonidan boshqariladigan Puffin Book Clubning yillik Bolalar adabiyoti yozgi lagerida ishtirok etgan. Uning kattalar uchun romanlari Jeyn Ostenning romanlarini o'z ichiga olgan. Bularga Mansfield Revisited va Jeyn Fairfaxlar kirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Brown, Susan, Patricia Clements, and Isobel Grundy, eds. Results of Chronologies query on Aiken, Joan within tag Name within all event types, with most comprehensive selectivity, for 0612--BC to 2018-11-28AD, long form results within Orlando: Women's Writing in the British Isles from the Beginnings to the Present. Cambridge: Cambridge University Press Online, 2006. http://orlando.cambridge.org/. 28 November 2018.
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)