Jinjak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jinjak

Jinjak
Qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Kogon tumani
Qishloq fuqarolar yigʻini Beklar

Jinjak — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq[1]. Buxoro shevasida goʻshtning haddan ziyod qovurilib, qattiqlashib qolgan holatiga qarata qoʻllaniladigan soʻz. Majoziy maʼnoda gʻam-anduhdan kuyish, birovlardan yetgan tashvishlardan azoblanish. Soʻzning toponimga aylanishi eʼtiborni tortadi. Joyning tabiiy sharoitini aks ettirgan atama sifatida vujudga kelgan deb taxmin qilish mumkin. Chunki, dukkakli oʻsimliklarning bir turi ham jinjak deb ataladi. Mazkur atama shu turdagi oʻsimliklar etishtiriladigan mavzega nisbatan qoʻllanilgan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q.,Jamolova D. Kogon shahri tarixi. (Qisqacha maʼlumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 54 bet. 
  2. Toʼrayev H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.